Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva 30 yanvar, duşanba kuni uning mamlakati Ukrainaga Germaniya tomonidan berilgan Gepard öziyurar zenit qurilmalari (ÖZQ) uçun snaryadlarni yetkazib bermasligini aytdi. Braziliyaga rasmiy taşrif bilan kelgan Germaniya kansleri Olaf Şols Braziliya rahbariyatidan şunday ta’minotni söragan.

Şols bilan qöşma matbuot anjumanida da Silva Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuzini töğridan töğri qoralaşdan ham qoçdi. Braziliya rahbari faqatgina Moskva boşqa davlat hududiga hujum qilib, «klassik xatoga yöl qöydi» va bu bilan «notöğri» harakat qildi, degan fikrni bildirdi. Uning ta’kidlaşiça, mojaroning asl sabablari unga unçalik aniq emas.

Şu bilan birga, da Silva har ikki tomondan tinçlik yöli bilan kelişuv böyiça «juda kam» takliflarni eşitganini ta’kidladi. U Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik muzokaralarida vositaçilik qilişni taklif qilib, kelişuv uçun yangi köp tomonlama format zarurligini ta’kidladi. Braziliya prezidenti Ukrainada tinçlikka erişiş uçun boşqa davlatlar bilan hamkorlik qilişda davom etişini qöşimça qildi. U, xususan, mart oyiga möljallangan Pekinga taşrifi çoğida uşbu mavzuni muhokama qiliş niyatida.

Braziliyadan oldin Germaniya kansleri Argentina va Çiliga ham taşrif buyurgan. Bu ikki davlatning prezidentlari ham Şolsga Ukrainani qöllab-quvvatlaşni, jumladan, qurol-yaroğ yetkazib berişni kuçaytirişga va’da berişdan boş tortdilar. Biroq, da Silvadan farqli ölaroq, ular Rossiya agressiyasini aniqroq qoraladilar.

Şu bilan birga, 29 yanvar kuni Argentinaga taşrifi çoğida Şols Yevropa Ittifoqi hamda Argentina, Braziliya, Paragvay, Urugvay va Venesuelani öz içiga olgan Mercosur örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga çaqirdi (Venesuelaning a’zoligi 2017 yildan noma’lum muddatga töxtatilgan). Berlin Janubiy Amerika mamlakatlari demokratik hukumatlari bilan munosabatlarni mustahkamlaş orqali Germaniyaning Xitoydan xomaşyo yetkazib berişga qaramligini kamaytirişni kutmoqda, deydi tahlilçilar.