Keça, 30 yanvar kuni soat 08:20 larda Toşkent viloyati Böstonliq tumani Çorvoq qörğonidagi 2 qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz-havo aralaşmasining portlaşi sodir bölgan.
Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida xonadon devor va şiftiga şikast yetgan.
Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bölimi qutqaruvçilari yetib borgan. Portlaş oqibatida 4 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» xodimlari çiqişgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda.
















