Fransiya va Avstraliya Ukraina uçun birgalikda bir neça ming 155 mm artilleriya snaryadlarini işlab çiqarişga kelişib oldi. Bu haqda 30 yanvar kuni Fransiya mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu Parijda ikki davlat taşqi işlar vazirlari va mudofaa idoralari uçraşuvi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Lekornyuning sözlariga köra, fransuzning Nexter qurol kompaniyasi snaryadni töğridan töğri işlab çiqariş bilan şuğullanadi va buning uçun zarur poroxni Avstraliya yetkazib beradi. Işlab çiqariş xarajatlari ham ikki davlat örtasida taqsimlanadi.

Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari hamkorlik böyiça erişilgan kelişuvni «misli körilmagan» deb atadi. Uning avstraliyalik hamkasbi Riçard Marles qöşimça qildi: «Bu Fransiya va Avstraliya Ukrainaga u bu mojaroga bardoş bera olişi va uni öz şartlari asosida yakunlaşi uçun körsatayotgan doimiy yordam darajasining bir qismidir».

Şu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Parij Kiyevni Ğarb qiruvçi samolyotlari bilan ta’minlaşi mumkinligini istisno etmadi. Haagada Niderlandiya boş vaziri Mark Ryutte bilan uçraşuvdan söng Makron: «Heç narsa rad etilmayapti», dedi. Şu bilan birga, Fransiya prezidenti Ukraina birinçi navbatda qiruvçi samolyotlar yetkazib beriş böyiça rasmiy sörov yuborişi kerakligini qöşimça qildi – Parij hali uni olmagan.

Makron, şuningdek, Ğarb tomonidan taqdim etilgan qurollar «mojarolarni kuçaytiriş» va Rossiya Federatsiyasi hududiga hujumlar uyuştiriş uçun emas, balki faqat Ukrainani Rossiya agressiyasidan himoya qiliş uçun işlatilişi kerakligini ta’kidladi. Fransiya prezidenti yana bir şartni ham aytib ötdi: Kiyevga qurol yetkazib beriş Fransiya qurolli kuçlarining jangovar imkoniyatlarini kamaytirmasligi kerak.

Ryutte, öz navbatida, Makronning mezonlariga rozi böldi. Niderlandiya boş vaziri, şuningdek, Ukrainaga qiruvçi samolyotlar yetkazib beriş böyiça «taqiq» yöqligini va bu «oldinga katta qadam» bölişini aytdi. Şu bilan birga, Ryuttening sözlariga köra, Niderlandiya hukumati ham Kiyevdan tegişli sörov olmagan.