Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga köra, Özbekiston fuqarolarining uşbu davlatga kirişi, bölişi va çiqib ketişi tartibi özgardi.

Endilikda, Özbekiston fuqarolari çegarani kesib ötgan kundan boşlab 30 kalendar kun davomida Qozoğistonda röyxatdan ötmasdan bölişi mumkin.

Ammo, umumiy böliş muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kundan, ya’ni 6 oy davomida 3 marta kirib-çiqişi va jami böliş muddati 3 oydan köp bölmasligi kerak.

Uşbu yangi qoida Qozoğistonga 2023 yil 27 yanvardan keyin kirgan şaxslarga nisbatan qöllaniladi.

Qozoğistonga işlaş maqsadida boruvçi Özbekiston fuqarolari uçun 1 oy davomida iş beruvçi bilan mehnat şartnomasini tuzgaç, uni Xalqqa xizmat körsatiş markazida röyxatga kiritib, 3 oy muddat uçun ruxsatnoma oliş yoki salohiyatli iş beruvçilar tomonidan kvota asosida işga jalb qiliş tartibi mavjud.