AQŞ Janubiy Koreyani himoya qiliş uçun oddiy va yadroviy qurollardan foydalaniş tarafdori, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin.
U Seulda, Janubiy Koreya milliy mudofaa vaziri Li Çjon Sop bilan bölib ötgan matbuot anjumanida şu mavzuni kötardi, deb xabar berdi Regnum.
«Qöşma Ştatlar tiyib turiş böyiça kengaytirilgan majburiyatga qat’iy sodiqdir, bu esa AQŞ harbiy salohiyatining töliq spektridan, jumladan oddiy va yadroviy qurollardan, şuningdek, raketaga qarşi mudofaa tizimidan foydalanişni öz içiga oladi», dedi Ostin.
Şuningdek, u KXDR harakatlarini qoralab, 2022 yilda Şimoliy Koreya rasmiylari «misli körilmagan miqdordagi provokatsiyalar» sodir etganini aytdi. Pentagon rahbari ta’kidlaganidek, AQŞ va Janubiy Koreya KXDR mintaqadagi vaziyatni beqarorlaştiradi, deb hisoblaydi.
Koreya yarimorolidagi vaziyat 2022 yil dekabrida Şimoliy Koreyaning dronlari Janubiy Koreya havo hududiga bostirib kirganidan keyin yana keskinlaşdi. Ular 2017 yildan beri birinçi marta Koreyalararo çegarani kesib ötişga muvaffaq bölişdi. Şunga qaramay, Janubiy Koreya KXDR bilan birlaşişning yangi rejasini işlab çiqmoqçi.

















