Joriy yil 1 fevralidan 1 martgaça Özbekistonda «Qişloq xöjaligi xodimlari salomatligi oyligi» aksiyasi ötkaziladi. Soğliqni saqlaş vazirligi şunday yangi taşabbus bilan çiqdi.

Bu davrda mamlakatdagi agrar soha xodimlari — fermerlar, dehqon, boğbonlar, klaster xodimlari va ularning oila a’zolari, avvalo, profilaktik va çuqurlaştirilgan tibbiy köriklar hamda skriningdan ötkaziladi.

Tekşiruv natijalariga köra, aniqlangan kasalliklar böyiça davlat kömagida ularning salomatligini tiklaş va mustahkamlaş çoralari köriladi.

Buning uçun dastlab agrar soha xodimlari orasidan tibbiy xizmatga ehtiyoji bor kontingent hamda ularning oila a’zolari röyxati şakllantirilib, ular yoşi, jinsi va salomatlik holatidan kelib çiqib, tegişli guruhlarga ajratiladi.

Şundan söng ular maxsus tibbiy brigadalar tomonidan profilaktik va çuqurlaştirilgan tekşiruvlardan ötkaziladi. 

Tibbiy köriklar yakunida: 

  • hayotida ilk bor surunkali kasallik aniqlanganlar dispanser nazoratiga olinib, individual soğlomlaştiriladi; 
  • ötkir va surunkali xastaliklar qayd etilgan bemorlardan bir guruhi birlamçi böğindagi kunduzgi şifoxonalarda ambulator şaroitda, statsionar yordamga muhtoj qatlam esa tuman, şahar hamda viloyat miqyosidagi tibbiyot muassasalarida davolanadi; 
  • yuqori texnologik ixtisoslaştirilgan tibbiy yordamga ehtiyoji bor bemorlarga viloyat va respublika muassasalariga imtiyozli yöllanmalar taqdim etiladi. 

Öz navbatida, olis va çekka hamda çegara hududlarda sayyor tibbiy brigadalar tomonidan köriklar ötkaziladi. 

Agrar soha xodimlari va ularning oila a’zolari orasida homiladorlar, yangi farzandli bölgan ayollar, çaqaloqlar, yotib qolgan, keksa, özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bor şaxslar bölsa, uşbu qatlam oila şifokori va oila hamşiralari tomonidan patronaj qilinib, zarur hollarda tor soha mutaxassislari iştirokida xonadonlarning özida köriklar amalga oşiriladi.

Şuningdek, tibbiy tekşiruv natijalari böyiça mehnatga qobiliyatini turğun yöqotgan, organizm funksiyasi buzilişi va hayot faoliyati çegaralanişi aniqlangan qatlamga nogironlikni belgilaş uçun tegişli organga yöllanmalar beriladi. 

«Qişloq xöjaligi xodimlari salomatligi oyligi» qanday tekşiruvlarni qamrab oladi?