Uçraşuv davomida Slovakiya diplomatik vakolatxona rahbarining işonç yorliqlari nusxasini topşiriş marosimi bölib ötdi. 

Muzokaralar doirasida iqtisodiy diplomatiyani faol rivojlantirişga özaro tayyorlik tasdiqlandi. Ta’kidlanganidek, tovar ayirboşlaş körsatkiçlari ikki mamlakatning mavjud iqtisodiy imkoniyatlari, inson va işlab çiqariş resurslari darajasiga muvofiq emas. Şu nuqtayi nazardan, savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Slovakiya idoralararo komissiyasining majlisini ötkaziş zarurligi qayd etildi.

Elçi rasmiy Bratislava Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayonida, Özbekiston bilan Yevropa Ittifoqi örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisida bitim tuzişni jadallaştirişda qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaş yuzasidan ham fikr almaşildi. Qöşma tadbirlar va yuqori darajadagi özaro taşriflarning taşkiliy jihatlari muhokama qilindi.

Viktor Boretskiy Slovakiyaning Toşkentdagi elçixonasiga beş yil rahbarlik qilgan Yan Bori örnini egalladi.