Ğarbda bu masalada hozirça yakdillik yöq: duşanba kuni AQŞ prezidenti Jo Bayden Vaşington Ukrainaga F-16 qiruvçilarini yetkazib bermoqçi emasligini aytdi, Germaniya kansleri Olaf Şols esa dam oliş kunlarida bu mavzudagi gaplar jiddiy emasligini bildirgandi.
Jurnalistlarning Varşava Ukrainaga F-16 qiruvçilarini yuborişi ehtimoli qançalik ekani haqidagi savoliga javoban Polşa boş vaziri Mateuş Moravetskiy Polşa bu masalada ittifoqçilar bilan kelişgan holda harakatlanişini aytdi. Uning sözlariga köra, Varşava Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş böyiça barça harakatlarini NATO böyiça hamkorlar – xususan, AQŞ bilan muvofiqlaştiradi. Ukrainaga Patriot zenit-raketa majmualarini topşiriş va Ukraina armiyasi uçun Leorard tanklarini beriş böyiça xalqaro koalitsiya tuziş töğrisida qaror qabul qilinganda ham şunday bölgan.
«Bir neça oy oldin MiG-29 samolyotlari bilan bölgani kabi boşqa har qanday havo yordami NATOning boşqa davlatlari bilan muvofiqlaştiriladi, amalga oşiriladi va ehtimol, jönatiladi. Biz bu masalada barçasini muvofiqlaştirgan holda harakatlanamiz», deya Moravetskiyning sözlarini keltirgan «Ukrinform» agentligi.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari Polşaning bu pozitsiyasini ijobiy signal deb atagan. «F-16 qiruvçilarini oliş böyiça işlar davom ettirilmoqda. Polşadan ijobiy signallar bor, ular NATO bilan kelişgan holda samolyotlarini bizga berişga tayyor», deya yozgan Yermak telegram-kanalida.
Ukrainaga harbiy aviatsiya yetkazib beriş masalasida duşanba kuni Fransiya prezidenti ham izoh bergan. Niderlandiya boş vaziri bilan qöşma matbuot anjumanida Makron şunday degan: «Prinsipial jihatdan heç narsa istisno qilinmaydi». Şu bilan bir vaqtda, Fransiya mudofaa vaziri yordamçisi Sabastyan Lekorn Politico naşriga bergan intervyusida, Parij Kiyevning ukrainalik uçuvçilarni fransuzlarning qiruvçi samolyotlarida uçişga örgatiş böyiça sörovini körib çiqayotganini aytdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy, TIV rahbari Dmitro Kuleba hamda mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov tanklar yetkazib beriş masalasi hal bölganidan keyin, Ğarb davlatlarining qiruvçi samolyotlari – Ukrainaning asosiy maqsadi ekani haqida gapirişdi.
Kiyev sovet davridan qolgan aviatsiyasini yangilaş uçun zamonaviy qiruvçi samolyotlar – AQŞ harbiy-havo kuçlarining F-16 yoki F-15 qiruvçilari yoki ularning Yevropadagi muqobillari – nemislarning Tornado yoki şvedlarning Gripen rusumli samolyotlarini olişni közlagan.
Kim qarşi?




















