AQŞ hukumati uçinçi mamlakatlarga Amerikada işlab çiqarilgan F-16 rusumli qiruvçi samolyotlarini yuborişga ruxsat berişi mumkin, bu haqda The New York Times yozmoqda. Öz navbatida, Politico Pentagondagi yuqori martabali manbasiga asoslanib, Vaşingtonning özi öz samolyotlarini yuborişi ehtimoli kamligini qayd etgan.
The New York Times naşrining yevropalik va amerikalik mulozimlar orasidagi manbalari, Ukraina katta ehtimol bilan Daniya yoki Niderlandiyadan F-16 samolyotlarini olişi mumkinligini aytişgan. Ularning ma’lumotiga köra, Niderlandiyadda F-16 rusumli 40 taça samolyot bor. Daniya esa aviatsiyasidagi samolyotlarni F-35 qiruvçi samolyotlariga almaştirmoqçi va Ukrainaga F-16 samolyotlarini berişga tayyor.
Bundan avvalroq Polşa va Fransiya ham Ukraina uçun harbiy samolyotlar beriş ehtimolini istisno etmagandi.
«Bu haqda gapirayotgan boşqa mamlakatlar ham bor. Ular taklif bilan çiqişgaç, biz muzokaralar ötkazamiz», — degan Politico naşrining AQŞ mudofaa vazirligidagi manbasi. U Pentagondagilar samolyotlar yetkazib berilişiga e’tiroz bildirmasligi, balki boşqa masalalarga «ustuvorlik berişda davom etişi»ni qayd etgan.
Naşrning yozişiça, hozirda AQŞ rasmiylari asosiy e’tiborni Ukraina şaharlari va infratuzilmalari himoyasi uçun havo hujumidan mudofaa tizimlari, şuningdek, bahorda boşlanişi kutilayotgan qarşi hujumda kerak böladigan zirhli texnikalar va artilleriya qurollari yetkazib berişga qaratgan.
Pentagondagilar harbiy samolyotlar oldindagi janglarda muhim rol egallamasligi, qolaversa, ukrainalik uçuvçilarni tayyorlaş uçun vaqt qolmaganini qayd etişmoqda. Xususan, harbiy mulozimlardan biri Kiyevga qiruvçi samolyotlar yetkazib beriş «qanotli raketalar va dronlar muammosini hal qilmasligi»ni bildirgan. Uning sözlariga köra, hozirça F-16 qiruvçilari yetkazib beriş masalasi yuqori darajada muhokama etilmayapti.
- AQŞ, Germaniya va Ğarbning boşqa mamlakatlari Kiyevga öz tanklarini jönatişga rozi bölgaç, Ukraina hukumati Ğarbdan qiruvçi samolyotlarni ham oliş uçun harakat boşlagandi.
- Yanvar oyi oxirida Oq uydagi matbuot anjmuni vaqtida AQŞ prezidenti Jo Bayden Vaşington Kiyevga F-16 qiruvçi samolyotlarini ham yetkazib berişi ehtimolini rad etgandi. «Barça yordam turlari „yöq“ bosqiçidan ötgan, „yöq“ faqat bugungi kun holatida. Ikkinçi bosqiç — „kelinglar texnik imkoniyatlarni muhokama qilamiz va körib çiqamiz“, uçinçisi — „kelinglar ekipajingizni tayyorlaymiz“, törtinçisi esa — olib keliş», — dedi şundan keyin Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov.


















