Bu davlat nega sukut saqlamoqda, uşbu davlatni zarbalarga aloqador deb hisoblaş uçun qanday sabablar bor va oqibatlar qanday bölişi mumkin?

29 yanvarga ötar keçasi Eron markazidagi Isfahon viloyatida öq-dori işlab çiqariladigan zavod, Şarqiy Ozarboyjon viloyatidagi motor moyi işlab çiqariladigan yirik zavod hamda mamlakat ğarbidagi Dizful aviabazasiga zarbalar berildi.

Tehrondagilar uçta hujumdan ikkitasi qaytarilgani, uçinçi dron esa bino tomiga qisman şikast yetkazganiga işontirmoqçi böldi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda moy zavodi yonayotgani aks etgan videolar tarqalgan, guvohlar ham aviabazadagi portlaşlarni tasdiqlaşgan.

Isroil naşrlari esa, Eron hukumati bayonotiga zid ölaroq, barça zarbalar nişonga borib tekkani haqida yozişdi. Ammo buni Isroil bu hujumlarga aloqadorligini bilvosita bölsa ham tan olişi deb hisoblab bölmaydi, çunki jurnalistlar Ğarb maxsus xizmatlaridagi manbalariga tayanib xabar berişgan.

«Bunday vaziyatlarda sukut saqlaş – Isroilga köp yillardan buyon xos bölgan amaliyot. Ular Eronga hujum uyoqda tursin, Suriyaga aviazarbalar yöllaganida ham mas’uliyatni zimmasiga olmaydi. Bu jimlikdan bu hujum ortida Isroil turgan-turmagani töğrisida xulosa çiqarib bölmaydi», deydi isroillik harbiy ekspert David Gendelman BBC naşriga.

Ammo bilvosita alomatlarga asoslanilgan ayrim xulosalar yuzaga çiqmoqda.

Tasodiflar zanjiri

New York Times naşri anonim manbaga asoslangan holda Isroil va AQŞ Eronga tunda zarba yöllaşni muhokama qilgani va hujumlar ortida Isroilning maxsus razvedka xizmati «Mossad» turgan bölişi mumkinligi haqida yozdi.

Amerika matbuoti tasodiflar zanjiriga e’tibor qaratgan.

AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken şu kunlarda Isroilga keldi. Fotoda Blinken va Isroilning yangi taşqi işlar vaziri Eli Koen
Foto: AMIR LEVY

Ötgan haftada Isroilga MRB direktori Uilyam Byorns kelgandi, yakşanbaga ötar keçasi Eron harbiy obektlariga zarbalar berildi, duşanba kuni kunduzi esa AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Şarq böylab turnesi doirasida Isroilga taşrif buyurdi.