Özbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida öqişga nomzodlarni saralab oliş va qabul qiliş, kursantlarni öqişdan çetlaştiriş va qayta tiklaş tartibi töğrisidagi nizomning 15-, 31-, 71-, 81-bandlari hamda uşbu nizomning 1-ilovasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi nazarda tutilmoqda.

2004 yildan boşlab çegaraçilar uçun ofitser kadrlarni tayyorlaş maqsadida sobiq Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtining (hozirgi kunda Özbekiston Qurolli kuçlari akademiyasi) umumqöşin fakultetida çegaraçilar guruhi taşkil qilingan.

Uşbu guruhga nomzodlarni qabul qiliş masalasi (harbiy-professional yönaltiriş va dastlabki saralab oliş tadbirlari) Davlat xavfsizlik xizmati oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni qabul qiliş tartibi hamda Davlat xavfsizlik xizmati içki idoraviy hujjatlariga muvofiq amalga oşirib kelinmoqda.

Özbekiston Qurolli kuçlari akademiyasi bakalavriat bosqiçining “Qöşinlarning taktik qömondonligi (çegara qöşinlari)” ta’lim yönalişi böyiça öqişga nomzodlarni qabul qiliş davomida harbiy-professional yönaltiriş va dastlabki saralab oliş tadbirlarini huquqiy jihatdan rasmiylaştiriş maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida öqişga nomzodlarni saralab oliş va qabul qiliş, kursantlarni öqişdan çetlaştiriş va qayta tiklaş tartibi töğrisidagi nizom yangi 19-1-band bilan töldirilişi nazarda tutilmoqda.