«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabariga köra, bugun, 3 fevral kuni holatiga poytaxtda 35 ta avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) faoliyati qayta tiklangan.
AGTKŞlar faoliyati röyxati:

AGTKŞlar faoliyatidagi vaqt çeklovlari gaz quvurlarida bosimning kötarilib borişiga mos ravişda özgartirib boriladi.
Özbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayişi natijasida tabiiy gazning iste’mol hajmi keskin oşib borişi kuzatilgan.
Şu sababli ijtimoiy ahamiyatga molik obektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida respublikadagi mulkçilik şaklidan qat’i nazar, har qanday ulgurji iste’molçilar, xususan, AGTKŞga tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatilgandi.

















