Ukrainada uruşning 344-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 1 fevral kuni Kramatorsk şahri öqqa tutilişi oqibatida halok bölganlar soni beş nafarga yetdi. Rossiya qöşini 2 fevral kuni ham uşbu şaharga zarba yölladi, tinç aholi vakillaridan beş kişi jabrlangan.
  • Yevroparlament Ukrainaning Yevroittifoqqa qöşilişi böyiça rezolyutsiyani qabul qildi. Şuningdek, YeI kengaşi Ukrainaga yana 545 million yevro miqdoridagi yordam va 2,4 mingta generator ajratadi.
  • Rossiyaning Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomazning xabar qilişiça, havo hujumidan mudofaa tizimlari oblast hududida törtta raketani urib tuşirgan. Jabrlanganlar va vayrongarçiliklar yöq.
  • AQŞ keyingi töqqiz oy içida Ukrainaga 150 km masofaga harakatlanuvçi va nişonga yuqori aniqlikda boruvçi GLSDB raketalarini yuboradi.
  • AQŞ va Ğarbning boşqa mamlakatlari rasmiy şaxslari Ukrainada halok bölgan va yaralanib safdan çiqqan rossiyalik harbiy xizmatçilar soni 200 ming kişiga yaqinlaşdi deb hisoblamoqda. The New York Times gazetasi ma’lumotiga köra, Rossiya eng yöqotişlarga Baxmut uçun janglar vaqtida uçragan, bu hududda yarim yildan buyon şiddatli töqnaşuvlar davom etmoqda. Rossiya öz yöqotişlari töğrisidagi ma’lumotlarni oçiqlamaydi.

Kun kadri. Kramatorskdagi turar joylarga zarba oqibatlari

Kramatorskning rossiyaliklar raketasi kelib tuşgan markaziy rayoni şunday körinişda. RF armiyasi şaharga 1 fevral kuni keçqurun zarba bergandi — köp qavatli uylar zarba ostida qolgan, beş kişi halok bölgani ma’lum
Yevgen Honcharenko / AP / Scanpix / LETA

Kramatorsk qayta öqqa tutildi

Kramatorskda yaşovçilar şahar 2 fevral kuni yana öqqa tutilişi oqibatida yaralangan kişiga yordam körsatişmoqda. Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga köra, takroriy zarbalar vaqtida beş kişi jabrlanib, 16 ta uy, bolalar poliklinikasi, maktab, garaj va avtomobillar şikastlangan. RF mudofaa vazirligi 2 fevral kungi vaziyat böyiça svodkasida Kramatorsk hududida M-142 HIMARS va M-270 MLRS qurilmalari yöq qilingani haqida xabar bergan.
Sergey Shestak / EPA / Scanpix / LETA