Boltiqböyi davlatlari Ğarbni Ukrainaga qurol yetkazib beriş sur’atini tezlaştirişga çaqirdi. Tegişli bayonotlar 3 fevral, juma kuni Tallinda bölib ötgan Estoniya, Latviya va Litva hukumat rahbarlarining uç tomonlama uçraşuvida aytildi, deb xabar beradi dpa.

«Kelgusi oylar juda qiyin böladi. Ular hatto bu uruşda hal qiluvçi rol öynaşi mumkin», - dedi Litva boş vaziri Ingrida Şimonite. «Şuning uçun biz Ukrainani, birinçi navbatda, harbiy yordam masalasida qöllab-quvvatlaşimizni tezlaştirişimiz va kuçaytirişimiz kerak», dedi u. 

Latviya boş vaziri Krişyanis Karinş uning pozitsiyasiga qöşildi. «Biz Ukrainaning uruşda ğalaba qozonişiga yordam beradigan qurilmalar sörovini qöllab-quvvatlaymiz», dedi Karinş. 

Estoniya boş vaziri Kaya Kallas ham Rossiya hujumiga uçragan davlatga va’da qilingan yordamni keçiktirmaslik kerak, deb hisoblaydi. «Endi hammaga ayon bölişi kerakki, har ikkilaniş, har bir keçikiş bilan tajovuzning narxi oşib boradi», deb ta’kidladi Estoniya hukumati rahbari.

Boltiqböyi mamlakatlari Ukrainaga Rossiya bosqinidan keyingi deyarli birinçi kunlardan insonparvarlik va harbiy yordam körsatişni boşladilar. Boltiqböyi davlatlarining sönggi harbiy yordam paketi 2023 yilning 19 yanvarida Estoniyaning Tapa şahri yaqinidagi harbiy bazada bölib ötgan uçraşuvda e’lon qilingan edi.