Sebastyan Lekornyuning ta’kidlab ötişiça, bu uning italiyalik hamkasbi Gvido Krozetto bilan qöşma qaror bölgan. Ular zudlik bilan Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikovga bu haqda xabar berişgan.
Lekarnyuning qayd etişiça, SAMP/T-Mamba majmuasi Ukrainaning tinç aholisi va infratuzilmasini Rossiya hujumlaridan himoya qiladi.
Avvalroq Fransiya va Avstraliya Ukraina uçun birgalikda bir neça ming 155 mm artilleriya snaryadlarini işlab çiqarişga kelişib olgandi. Bu haqda Fransiya mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu Parijda ikki davlat taşqi işlar vazirlari va mudofaa idoralari uçraşuvi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Lekornyuning sözlariga köra, fransuzning Nexter qurol kompaniyasi snaryadni töğridan töğri işlab çiqariş bilan şuğullanadi va buning uçun zarur poroxni Avstraliya yetkazib beradi. Işlab çiqariş xarajatlari ham ikki davlat örtasida taqsimlanadi.
Fransiya Mudofaa vazirligi rahbari hamkorlik böyiça erişilgan kelişuvni «misli körilmagan» deb atadi. Uning avstraliyalik hamkasbi Riçard Marles qöşimça qildi: «Bu Fransiya va Avstraliya Ukrainaga u bu mojaroga bardoş bera olişi va uni öz şartlari asosida yakunlaşi uçun körsatayotgan doimiy yordam darajasining bir qismidir».


















