Portugaliya Ukrainaga Leopard 2 jangovar tanklarini yuboradi, deb xabar berdi mamlakat boş vaziri Antonio Koşta. U tanklarning soniga aniqlik kiritmadi.
Antonio Koştaning sözlariga köra, uning mamlakati Portugaliya qurolli kuçlari xizmatida bölgan bir qator işlamaydigan tanklarni ta’mirlaş uçun zarur bölgan ehtiyot qismlarni sotib oliş maqsadida Germaniya bilan muzokaralar olib bormoqda.
«Biz hozirda tanklarimizning bir qismini jönatiş ustida işlayapmiz, - dedi u Lusa Portugaliya axborot agentligiga. - Men Ukrainaga qança tank berilişini bilaman, lekin bu haqda öz vaqtida e’lon qilinadi».
Avvalroq Ispaniya Leopard 2A4’ni Ukrainaga birinçilardan bölib yetkazib berişni rejalaştirayotgani - uning tarkibiga tiklangan törtta-oltita tank kirişi xabar berilgandi.
El País gazetasining Madriddagi hukumat manbalariga tayanib ta’kidlaşiça, yakuniy körsatkiç Saragosadagi 41-logistika qöllab-quvvatlaş guruhida ön yil davomida saqlangan 53 ta tankning holatiga boğliq.
Ispaniya Mudofaa vazirligi ularni zudlik bilan qayta tiklaş böyiça harbiy sanoat bilan muzokaralar olib bormoqda, şuningdek, boşqa mamlakatlarning hissasi böyiça qarorlarni kutmoqda.

















