31 yanvar kuni Toşkentning Yangihayot tumanida 12 yoşli qizning murdasi zörlik va qotillik alomatlari bilan topildi. Ötgan yozda marhuma qizaloqning uyida yollanma işçi bölib işlagan 29 yoşli erkak gumonlanuvçi sifatida qölga olindi. Hodisa jamoatçilik muhokamalariga sabab bölmoqda.

Hudud24 sayti marhuma qizning onasi va buvisi bilan suhbatni e’lon qildi.

“Mahallamiz örtasida kanal bor. Kanalning bir tarafi jarlik, u tarafda odam zoti yöq. Maktabga borişda öşa yöldan ötilişi uçun xavotirlanib Muslimaning ota-onasini nevaram men bilan turişiga köndirgandim. Kiçikligidan özim katta qilganim uçun meni öz onasiday körardi. Endi esa özimni keçira olmayapman. Uni şunça ariq, kanallardan himoya qilib, biz bilan yaşaşiga köndirgandim, lekin yonimizdagi ariqdan öligi çiqdi. Bir qadam yerda öligi yotganini bilmay, bolam maktabdan qaytmadi deb qança masofalarni qidirib çiqibman”, deydi Muslimaning buvisi Husnora opa.

Muslimaning buvisi Husnora opa

“Qizim uni hamma tanişini istardi...”

“Oddiygina oilamiz. Undan keyin yana ikki singlisi bor. Biri keyingi yil maktabga çiqişi kerak, biri hali 6 oylik.

Öşa kuni qizimga “Maktabing sovuq bölsa, bormay qöyaqol”, dedim. Qizim: “Yöq, bormasam bölmaydi, öqituvçim nazorat qiladi, men katta odam bölişim kerak”, dedi. Ingliz tilini yaxşi öqirdi, styuardessa bölmoqçi edi, meni butun dunyo tanişi kerak derdi. Özini emas, öligini tanidi hamma.

Muslima keç qolgaç, öqituvçisiga telefon qildik. Bizga öqituvçisi Muslimaning darsi tugaganini, uyga ketganini aytdi. Söng birga qaytgan dugonasi bilan gaplaşdik. U köprikkaça birga kelişganini aytdi. Qizim darvozamizning yonigaça kelgan, şu yerdan sudrab olib ketgan, urib-sudrab olib ketgan. Bölmasa, baqirsa eşitardik.

Qizim topilavermagaç, mahalla noziriga bildirdik. U qoğozbozlik qilib, savollar berib ötiribdi. Bölmasa, şu mahallada turamiz, bizni taniydi-ku. Agar öşa payti vaqt yöqotmay izlaganida, balki bolamning jonini asrab qolarmidik.

Keçasi soat öndan ötgaç, şunda ham topilmagandan keyin taslim böldim. Heç bölmasa öligi topilarmikin deb öylay boşladim. Sababi qizimning biror narsaga çalğiydigan odati umuman yöq edi, uy manzilini ham juda yaxşi bilardi”, deb yiğlaydi Muslimaning onasi Umida opa.