Şov-şuvga sabab bölgan ChatGPT tarixdagi eng tez rivojlanayotgan servis-ilovaga aylandi va atigi ikki oy içida obunaçilari sonini 100 milliondan oşirdi. Va bu hali hamma mamlakatlarda işlamasligi va faqat ingliz tilini qöllab-quvvatlaşiga qaramay.
Taqqoslaş uçun, 100 million obunaçini töplaş uçun TikTok 9 oy, Instagram esa 2,5 yil sarflagan edi, deb yozdi Engadget.
Hisobotda aytilişiça, ChatGPT yanvar oyida kuniga örtaça 13 million noyob foydalanuvçiga ega bölgan, bu dekabr oyidagi körsatkiçdan ikki baravar köp.
OpenAI kompaniyasining ChatGPT xizmati ötgan yilning oxirida internetni zabt etdi. Bu qiyin savollarga oson va işonçli javob beradigan, şuningdek, nasr, şe’r yoki kompyuter kodini yozişi mumkin bölgan bepul çatbot hisoblanadi.
ChatGPT generativ sun’iy intellekt (SI) asosida işlaydi. U katta hajmdagi ma’lumotlarga örgatilgandan söng yangi kontent yarata oladi.
Fevral oyi boşida OpenAI kompaniyasi ChatGPT Plus deb nomlangan oyiga 20 dollarlik pulli versiya paydo bölişini e’lon qildi. Abonentlar savollarga qisqa muddatda javob oliş, hatto eng tiğiz paytlarda ham servisga kiriş, yangi funksiyalardan birinçi bölib foydalaniş va çatbotni yaxşilaş jarayonida iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi.
Yaqinda Microsoft uşbu texnologiyani Word va Bing qidiruv tizimiga integratsiyalaş böyiça tajriba ötkaza boşladi, şuningdek, loyihaga «bir neça milliard dollar sarmoya kiritiş» haqidagi miş-mişlarni tasdiqladi.
Şu bilan birga, Google kompaniyasi ChatGPT imkoniyatlaridan jiddiy xavotirda va yil oxirigaça taqdim etiladigan 20 ta yangi SI servisini tayyorlamoqda.

















