Asosiy yangiliklardan biri – çatlardagi xabarlarni tarjima qiliş funksiyasi paydo böldi. Endilikda Premium foydalanuvçilar (pulli obuna egalari) yuqoridagi Tarjima paneli yordamida butun çatlar, guruhlar va kanallarni tarjima qilişi mumkin. Parametrlar menyusida panelni bekitiş va qaysi tillar tarjima qilinişini boşqariş imkoni bor.
Qolgan barça foydalanuvçilar esa alohida xabarlarni tanlaş va «Tarjima qiliş» tugmasini bosiş orqali tarjima qilişi mumkin böladi.
Şuningdek, foydalanuvçi Telegram'dagi kontaktlarni tahrirlaşda ular uçun profil rasmlarini belgilaş yoki taklif qilişi mumkin.
Tarmoqdan foydalaniş körsatkiçlari
Wi-Fi va mobil internet uçun batafsil doiraviy diagrammalar bilan Telegram uçun qança trafik işlatganini köriş mumkin. Şuningdek, trafik rejaga mos kelişi uçun avtomatik yuklab oliş sozlamalarini özgartiriş mumkin.
Kiruvçi mediani avtomatik saqlaş
Endilikda “Sozlamalar” menyusi orqali qurilma galereyasiga avtomatik ravişda saqlanadigan çat turlarini tanlaş, şuningdek, saqlanadigan media fayllar hajmi va turini belgilaş mumkin.
Bundan taşqari, faqat kerakli rasm va videolar saqlanişi uçun alohida çatlarga istisno qöşsa böladi.
Media yuboriş ruxsatlari
Adminlarda yangi imkoniyatlar paydo böldi. Endi guruh a’zolariga rasmlar, videolar, ovozli yoki video xabarlar kabi 9 ta turli media turini yuborişga ruxsat beriş yoki bermaslik huquqini adminlarga beriş mumkin.
Faqat media yuboriladigan guruhlarni yaratiş uçun matnli xabarlar yuborişni taqiqlaş hamda faqat ovozli xabarlar yoki testlarni yuborişga ruxsat berilgan guruhlar yaratiş mumkin.

















