Bahorda Fransiya va Italiya Ukrainaga SAMP-T-Mamba rusumli zenit-raketa komplekslarini jönatadi. Bu haqda Fransiya qurolli kuçlari vaziri Sebasten Lekornyu tvitteri orqali e’lon qilgan.
Lekornyuning sözlariga köra, Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto bilan Ukraina tinç aholisi va infratuzilmalarini himoyalaş uçun mudofaa tizimlari yetkazib beriş böyiça kelişib olingan. Vazir uşbu mamlakatlardan Ukrainaga yetkazib beriladigan qurollar soniga aniqlik kiritmagan.
SAMP-T-Mamba — örta masofadagi ballistik va qanotli raketalar, şuningdek 100 kilometrgaça masofadagi samolyotlarni urib tuşiriş uçun möljallangan, quruqlikdagi zenit-raketa kompleksi hisoblanadi.
- Sentyabr oyi oxirida Ukraina AQŞdan Amerika-Norvegiya mahsuloti bölgan NASAMS rusumli havo hujumidan mudofaa tizimlarini qabul qilib olgandi. Bu tizimlar 40–50 kilometr radiusda va 15 kilometr atrofidagi balandlikdagi nişonlarni aniqlab, zarba beradi. Bu tizimlar ham qanotli va ballistik raketalar, dronlar va samolyotlarni urib tuşirişga qodir.
- Oktyabr oyida esa Germaniya Ukrainaga Iris-T SLM rusumli havo hujumidan mudofaa tizimlarining birinçisini yetkazib berdi. Iris-T SLM zenit-raketa kompleksi uçta maşinadan iborat böladi: harbiy yuk maşinasidagi uçiriş qurilmasi, radiolokatsiya maşinasi va boşqaruv maşinasi. Bu tizim raketalari 20 kilometr balandlikdagi va 40 kilometrgaça bölgan uzoqlikdagi nişonlarga yetib boradi.


















