4 fevral kuni soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov Namangan viloyatida soha mutasaddilari va OAV vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.
Vodiy1.uz xabariga köra, tadbir davomida vazir sohadagi korrutsion holatlar haqida gapirib ötgan. Unga köra, 2022 yil Namanganda tibbiyot sohasida 27 ta jinoyat holati aniqlangan. Jinoyatlarning acosiy qismi işga joylaştiriş uçun pul oliş bilan boğliq bölgan.
Jumladan, Pop tuman tibbiyot birlaşmasi bolalar bölimi hamşirasi ikki nafar fuqaroni işga joylaşni va’da qilib, har biridan 500 dollardan, şu birlaşma xodimlar bölimi inspektori esa 350 dollardan olayotganda qölga tuşgan.
Uçraşuv davomida Inoyatov tibbiyot sohasini korrupsiyadan xoli qilişga harakatlar boşlanganini ham ta’kidlagan.
“Oçiq-oydin gapiriş uçun vazir yoki rahbar özi toza bölişi kerak. Agar özi toza bölsa, mana bunaqangi auditoriyada oçiq-oydin gapiradi. Siz xulosa qilmasangiz, davlat darrov xulosa qiladi”, – degan vazir mas’ullardan biriga qarata.

















