Kipr Respublikasida prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi bölib ötadi. Bundan 5 fevral, yakşanba kuni e’lon qilingan dastlabki rasmiy natijalar darak beryapti. Saylovning ikkinçi bosqiçi 12 fevral kuni bölib ötadi.

Saylov byulletenlarining deyarli 100 foizini qayta işlaş natijalariga köra, birinçi turning sözsiz yetakçisi Kipr Taşqi işlar vazirligining sobiq rahbari Nikos Xristodulidis böldi. Konservativ siyosatçi 32,04 foiz ovoz oldi.

Hal qiluvçi bosqiçda qatnaşiş huquqini beruvçi ikkinçi örin uçun keskin kuraş olib borildi. Grek-kipr tomonining oroldagi kelişuv böyiça sobiq boş muzokaraçisi va Kiprning BMTdagi sobiq vakili, söl qanot AKEL partiyasi tomonidan qöllab-quvvatlangan Andreas Mavroyannis 29,59 foiz ovoz oldi. Hukmron "Demokratik yiğin" (DISY) partiyasi rahbari Averof Neofituni ovoz berganlarning 26,11 foizi qöllab-quvvatladi.

Yevropa Ittifoqiga kiruvçi Kipr Respublikasi prezidenti xalq ovozi bilan saylanadi, hukumatni şakllantiradi va boşqaradi. Saylovlarda faqat grek-kiprliklar iştirok etadi. Şimoliy Kipr Turk Respublikasi aholisi saylovlarda ovoz bermaydi.