Tadbirda 2024 yil Özbekistonda taşkil etilişi rejalaştirilayotgan kreativ iqtisodiyot va turizm xalqaro konferensiyasida mazkur mamlakat delegatsiyasi iştirok etişi ham ma’lum qilindi.

Tomonlar Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Mahdumi A’zam, Xoja Ahror Valiy, Abdi Dorun va Abdi Berun ziyoratgohlariga indoneziyalik sayyohlar uçun maxsus ziyorat turlarini taşkil etiş istiqbollarini muhokama qildi.

Delegatsiyaning Indoneziya Ta’lim, madaniyat, izlanişlar va texnologiyalar vazirligida bölib ötgan uçraşuvida talabalar va mutaxassislar almaşinuvi yönalişida hamkorlikni rivojlantiriş, «Ipak yöli» turizm xalqaro universitetida indoneziyalik yoşlar uçun grant ajratiş, Indoneziyaning birinçi prezidenti Sukarnoning Samarqandga amalga oşirgan taşrifi haqida spektakl tayyorlaş masalalari örganildi.