Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi xonadonlarning birida çaqnaş yuz berişi oqibatida bir kişi vafot etdi. Özbekiston boş prokurori matbuot kotibi Hayot Şamsiddinovning xabar berişiça, Kosonsoy tumani «Nurobod» MFY Navbahor köçasi raqamsiz yaşaş uyida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi oqibatida 5 kişi turli darajada tan jarohati olgan.
Körsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan 1 nafari şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi “a” bandi (Toğ-kon, quriliş yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
7 fevral kuni soat 07:30 larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Nurobod» MFY Navbahor köçasi raqamsiz yaşaş uyida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi sodir bölgan.
Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» xodimlari çiqişgan.

















