Ukraina Oliy radasi mamlakatdagi harbiy holat rejimi va umumiy safarbarlik muddatini 90 kunga — 20 mayga qadar uzaytirdi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, tegişli qonun loyihalarini qabul qiliş uçun 348 nafar va 344 nafar deputat ovoz berdi, minimal talab qilinadigan ovozlar soni esa 226 tani taşkil qilgan. 

Loyihalarga tuşuntiriş xatida ular Rossiyaning Ukrainaga qarşi qurolli tajovuzini qaytarişga qaratilgan adekvat çoralarni köriş zarurligi qayd etilgan. 

Ukrainada ötgan yilning 24 fevralida uruş boşlanganidan beri harbiy holat rejimi oltinçi marta uzaytirildi.