Ukrainadagi uruş mavzusi Baydenning bir yarim soatga yaqin davom etgan nutqida katta joy egallamadi, u bu mavzuga çiqişi oxirida töxtaldi.

U asosiy e’tiborni öz ma’muriyati yutuqlariga, jumladan iqtisodiy holat, sönggi 50 yillikdagi eng past işsizlik darajasi (AQŞda uning prezidentligi davrida ikki yil içida, koronavirus pandemiyasi fonida «rekord darajada 12 million işçi örinlari yaratilgan»), şuningdek Amerika jamiyatining politsiyadagi irqçilik va öqotar qurollarning ruhiy holati beqaror bölgan odamlar qöliga tuşişi kabi öziga xos muammolariga qaratdi.

Bu prezident Baydenning uçinçi murojaatnomasi böldi – noyabr oyidagi oraliq saylovlardan keyingi birinçisi, öşanda Vakillar palatasida respublikaçilar köproq örinni egallaşgandi.

Şu bilan birgalikda, respublikaçilarning son jihatdan ustunligi saylovlardan oldin kutilganidan kamroq böldi, qolaversa ular Senatda ustunlikni qölga kirita olmadi. Noyabr oyida 80 yoşni qarşilagan prezidentning nutqi esa işonçli va jangovar körindi.

Bayden özining oldingi murojaati Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqinining dastlabki kunlarida bölganini esladi - «Ikkinçi jahon uruşi davrida Yevropa boşdan keçirgan ölim va vayrongarçilik kartinasi xotiralarini uyğotadigan qonli hujum».

«Putinning bosqini asrga tatigulik sinov böldi. Amerika uçun sinov. Butun dunyo uçun sinov. Biz eng asosiy tamoyillarga amal qilamizmi? Biz suverenitetni himoya qila olamizmi? Biz xalqning zulmdan erkin böliş huquqini himoya qilamizmi? Biz demokratiyani himoya qiliş uçun turib bera olamizmi? Zero bunday himoya biz uçun muhim, u tinçlik va osoyiştalikni saqlaydi, xavfsizligimiz va farovonligimizga tahdid soluvçi barça ehtimoliy tajovuzkorlar uçun ov mavsumini töxtatadi», deya davom etgan amerikaliklar prezidenti.

«Bir yil ötib biz bu savollarning javobini bilyapmiz. Ha, himoya qilamiz. Biz allaqaçon himoya qilyapmiz. Biz birgalikda Amerika eng yaxşi davrlarida qilgan işni qildik. Biz yetakçilikni qölga oldik. Biz NATOni birlaştirdik. Biz global koalitsiya tuzdik. Biz Putinning tajovuziga qarşi turdik. Va biz Ukraina xalqi bilan yelkama-yelka turdik», - degan Bayden.

Bayden Ukraina elçisiga murojaat qildi.

U zalda ötirgan Ukrainaning AQŞdagi elçisi Oksana Markarovaga yuzlangan va yiğilganlardan uni olqişlaşni söragan.

«U nafaqat öz xalqini, balki öz xalqi jasoratini ifodalaydi. Ey elçi, Amerika sizning mamlakatingizni qöllab-quvvatlaşda hamjihat. Biz qança kerak bölsa şunça vaqt siz bilan birga bölamiz», dedi Bayden.