“Toşkent metropoliteni”ning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, vagonlar sonini oşiriş maqsadida 8 ta metro poyezdi uçun “Toşkent yölovçi vagonlarni quriş va ta’mirlaş zavodi” AJga buyurtma berilgan, hujjatlar rasmiylaştirilgan.

“Avvalroq Kun.uz’ga 8 ta emas, 6 ta vagonga buyurtma berilgani haqida xabar bergan edik. Ularning soni yana 2 taga köpaydi, endilikda 5 ta vagonli 4 ta harakat tarkibini 12 taga yetkaziş kutilmoqda.

Hozirda “Çilonzor” va “Özbekiston” yönalişlarida yölovçilar oqimi köp. Ayni vaqtda “Yunusobod” liniyasida ham odamlar soni oşmoqda. Ertalabki tirband vaqtlarda ham poyezdlar 1,5-2 daqiqa intervalda harakatlanyapti. Şundan kelib çiqib, “Özbekiston” yönalişidan boşqa yönalişlarga ham poyezdlar taqsimlanadi. Bu “Çilonzor” yoki “Yunusobod” yönalişi ham bölişi mumkin”, – deydi mas’ul.

Şuningdek, xodimning ta’kidlaşiça, Moskvadan olib kelinadigan 14 ta poyezd uçun ham buyurtmalar berib bölingan va hujjatlarga imzo çekilgan. Ular yil davomida bosqiçma-bosqiç olib kelinadi.

Eslatib ötamiz, jami 56 ta vagonli bu yangi poyezdlar Rossiyaning “Metrovagonmaş” kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan bölib, unda 250-300 nafar yölovçi bemalol ketişi mumkin böladi.

Hozirça poyezdlar qaysi oyda, qança summaga olib kelinişi aniq emas.