IIV axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, viloyatdagi oğriqli masalalarni örganiş davomida asosiy e’tibor aholining ijtimoiy-iqtisodiy, ta’lim, soğliqni saqlaş, huquqni muhofaza qiliş va kommunal sohadagi muammolarini aniqlaş va bartaraf etiş, kriminogen vaziyatni yanada barqarorlaştiriş hamda yöllarda inson xavfsizligi uçun munosib şaroitlarni yaratiş va ularning infratuzilmasini takomillaştiriş masalalariga qaratilmoqda.

Foto: IIV axborot xizmati

Jumladan, işçi guruhning sa’y-harakatlari bilan mavjud zaxira hisobidan Namangan viloyati hududida jami 6769 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballon va 75 tonnadan ziyod kömir yetkazilib, aholining kommunal sohadagi ehtiyojlariga kömaklaşilgan.

Iste’mol bozorlaridagi narx-navo barqarorligini ta’minlaş, oziq-ovqat zaxiralarini jamlaş hamda tadbirkorlar uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida Namangan şahri va Kosonsoy, Yangiqörğon, Çust, Pop tumanlarining dehqon bozorlari hududlarida hamda olis tumanlarda alohida, jami 94 ta arzonlaştirilgan yarmarkalar taşkil etilib, ular 109 tonna kundalik iste’mol tovarlari bilan ta’minlangan.

Foto: IIV axborot xizmati

Aholi ehtiyojlaridan kelib çiqib, mazkur savdo yarmarkalariga 19 ta çorvaçilik, 6 ta baliqçilik, 16 ta parrandaçilik, 47 ta meva-sabzavotçilik xöjaliklari hamda 6 nafar qassoblar qöşimça jalb etiş çoralari körilgan.

Şuningdek, öz mahsulotini töğridan töğri sotiş istagida bölgan jami beş yuzdan ziyod tomorqa yer egalariga öz mahallalarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotiş uçun savdo rastalari taşkil etişga kömaklaşilgan.

Foto: IIV axborot xizmati

Işsizlik va kambağallikni qisqartiriş, oilaviy tadbirkorlik, yoşlar va ayollarning taşabbuskor loyihalariga kömaklaşiş maqsadida viloyat hududida joylaşgan barça monomarkazlar va mehnat bozorlarining samaradorligi tanqidiy örganilib, qöşimça imkoniyatlarni jalb etiş natijasida 54 nafar fuqaro doimiy iş bilan ta’minlangan, 17 nafari kasbga öqitişga yuborilgan, 10 nafariga subsidiya ajratilgan hamda 5 nafariga işsizlik nafaqasi tayinlangan. Şu bilan birga 303 nafar fuqaro özini özi band qiliş orqali mehnatga jalb etilgan.