Prezident "Özbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlaş töğrisida"gi qarorni imzoladi.

2023/2024 öquv yilidan boşlab professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” böyiça tegişliça öquv va maxsus kurslar joriy etiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyunga qadar “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” böyiça öquv va maxsus kurslar joriy etiladigan professional va oliy ta’lim taşkilotlarining aniq röyxatini şakllantiradi hamda tegişli öquv dasturlarini takomillaştiriş çoralarini köradi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2023 yil 1 iyundan boşlab Inson huquqlari böyiça Milliy marka tomonidan har yili:

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi ötkazib boriladi;

nogironligi bölgan şaxslar huquqlari, ayollar huquqlari, bola huquqlari va migrantlar huquqlari yönalişlarida faoliyati mazkur şaxslar bilan bevosita boğliq bölgan taşkilotlarda öquv kurslari va seminar-treninglar taşkillaştiriladi.

Avvalroq 2023 yil 1 martdan boşlab tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv, dastlabki tergovni amalga oşiruvçi organlar va jazoni ijro etiş muassasalari xodimlari uçun qiynoqqa solişga qarşi kuraşiş böyiça qisqa muddatli öquv kurslari doimiy ravişda taşkil etilişi xabar qilingandi.