Özbekiston prezidentining tegişli farmoyişi bilan Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni general-mayor Oybek Saidov Şarqiy harbiy okrug qöşinlari qömondoni etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

General-mayor Oybek Ozodoviç Saidov 2017 yil oktyabrdan beri Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni lavozimida işlab kelayotgan edi.
Öz navbatida, polkovnik Farrux Ziyoboyev Saidov örniga Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni etib tayinlandi.

Farrux Nortojiyeviç Ziyoboyev uşbu tayinlovga qadar Özbekiston Qurolli kuçlari boş ştabi boşliği örinbosari — Operativ boş boşqarma boşliği lavozimida faoliyat olib borgan.
Şuningdek, bungaça Şarqiy harbiy okrug qöşinlari qömondoni bölgan polkovnik Lutfullo Buzrukov Qurolli kuçlar boş ştabi boşliği örinbosari lavozimiga ötkazildi.

Lutfullo Yusupoviç Buzrukov 2018 yil yanvaridan buyon Şarqiy harbiy okrug qöşinlari qömondoni lavozimida işlab kelayotgandi.
- Eslatib ötamiz, joriy yil 14 yanvar kuni Oybek Saidov Özbekiston qurolli kuçlari oliy boş qömondoni Şavkat Mirziyoyevdan general-mayor harbiy unvonini qabul qilib olgan edi.
















