RF mudofaa vaziri Sergey Şoyguning fikriça, NATO mamlakatlari Ukrainaga hujum qurollari yetkazib beriş orqali mojaroni uzaytirişga urinmoqda. «Interfaks» naşri yozişiça, u bu haqda mudofaa vazirligidagi selektor yiğilişida gapirgan.
«AQŞ va uning ittifoqçilari mojaroni maksimal darajada çözişga urinmoqda. Buning uçun ular oğir hujum qurollari yetkazib berişdi va bu bilan oçiqçasiga Ukrainani bizning hududlarimizni egallaşga undamoqda. Amalda bunday qadamlar NATO davlatlarini mojaroga tortadi va bu oldindan aytib bölmaydigan darajadagi eskalatsiyaga olib kelişi mumkin», — degan Şoygu.
Xuddi şu yiğilişda mudofaa vaziri Rossiya qöşinlari Donetsk va Zaporijjya yönalişlarida yettita aholi yaşaş manzillarini egallagani haqida gapirgan: Soledar, Kleşçiyevka, Podgornoye, Krasnopilya, Blahodatnoye, Lobkovoye va Mikolayivka. Şoyguning tasdiqlaşiça, yanvar oyida Ukraina qurolli kuçlari 6,5 mingdan ortiq askari, 341 ta tank, 26 samolyot va yetti vertolyotini yöqotgan.
- Fevral oyi boşida AQŞ mudofaa vazirligi Ukrainaga 2,2 milliard dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi ajratilişini e’lon qilgandi. Xususan, AQŞ Ukrainaga 150 kilometr masofadagi nişonni yöq qilişga qodir raketalar ham beradi. Ukraina mudofaa vazirligi Oleksiy Reznikov Kiyev Ğarbga uzoq masofaga harakatlanuvçi raketalarni Rossiya hududidagi nişonlarga qöllamasligiga kafolat bergan. Vazir Ukrainada «şusiz ham vaqtinça bosib olingan hududlarda yetarliça nişonlar borligi»ni aytgan (Kiyev 2014 yilda annexia qilingan Qrimni ham şunday hududlar sirasiga kiritadi).


















