Polşa jangovar samolyotlarni Ukrainaga yetkazib berişga tayyor, biroq NATOda eng birinçi bölib buni qilmaydi, dedi mamlakat boş vaziri Mateuş Moravetskiy Bryusselda bölib ötadigan YeI sammiti oldidan. 

«Bizning pozitsiyamiz aniq. Biz faqat Şimoliy Atlantika alyansi şartnomasi doirasida birgalikda harakat qilişimiz mumkin. Agar şunday qaror qabul qilinsa, u holda biz birinçi bölib qiruvçi samolyotlarni taqdim etmaymiz, ammo bunga ijobiy javob beramiz», - dedi Moravetskiy. 

Uning fikriça, köp sonli şunday qiruvçilarga ega bölgan NATO davlatlari Ukrainani birinçi bölib jangovar samolyotlar bilan ta’minlaşi mumkin. Polşada esa qiruvçi samolyotlar yetarli emas, dedi Polşa hukumati rahbari.

YeI sammitida Polşaning uçta asosiy maqsadi bor: YeI davlatlarining Ukrainaga moliyaviy va harbiy yordam körsatiş böyiça hamkorligi, Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 10-paketi va Rossiya mulkini musodara qiliş, şuningdek, undan tuşgan mablağlardan energiya narxlarini pasaytiriş va Ukrainani tiklaş uçun foydalaniş, deb yozdi Mateuş Moravetskiy Twitter’da. 

Avvalroq Germaniya va Polşa Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib beruvçi davlatlar yiğilişini çaqirmoqçi, deb xabar bergandi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Varşavada.

Ğarb hamkorlari Leopard 2 jangovar tanklarining birinçi batalonini yil boşidan uç-tört oy içida Ukrainaga yetkazib berişi mumkin. Bu haqda 8 fevral kuni Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Varşavaga taşrifi çoğida ma’lum qildi.

«Biz kamida bitta batalonni joriy yilning dastlabki tört, balki uç oyida yetkazib berişimiz mumkin, keyin esa iloji boriça tezroq harakat qilişimiz tabiiydir», dedi Pistorius va batalon taxminan 31 tankdan iborat bölişini qöşimça qildi.

Vazirlik rahbari Germaniya va Polşa Ukrainaga Leopard 2 yetkazib berişni rejalaştirayotgan davlatlar yiğilişini çaqirmoqçi ekanini aytdi. Bunday format uşbu davlatlar manfaati uçun xizmat qiladi, deb qöşimça qildi Pistorius Varşavada Polşa milliy mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak bilan uçraşuvdan keyin.