Afsuski, mayda huquqbuzarlik, beboşlikdek köringan işlar oğir vaziyatlarga olib kelişi, yakuni esa fojiali tus olişi mumkin.

Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bolaning har bir yoşida öğrilik qilişining öz sababi bor. Öğirlikka undovçi omillarni tahlil qiliş maqsadida “Siz yoşligingizda öğirlik qilganmisiz?” degan savol bilan yurtdoşlarimizga yuzlandik.

Örtoqlariga qiziqişi sabab:

M. S.: “4-5-sinfda öqigan paytimiz maktabdan 6-7 nafar öğil-qiz sinfdoşlar birga qaytardik. Şunda har kuni navbat bilan bittamiz kirib, yöldagi dökonçadan bir qism “iris” konfet öğirlardik va bölişib olardik.

Bir marta meniyam navbatim kelganda paltomni çöntagiga solib öğirlab çiqqanman, ammo rosa yomon qörqqanman, öğirlaşning özi bölmas ekan. Keyin bir öğil bola sinfdoşimizni uşlab olişgan.

Amaki rosa nasihat qilib uyaltirganlar. Öşandan keyin qilmaganmiz bu işni. Ammo haligaça öşa ahvolimni eslasam, vijdonim qiynalib, yomon bölaman”.

Özida yöq narsaga ega böliş uçun:

O.D.: “5,6 yoşimda köşnimizning mendan 6 yoş katta qizi bor edi. Böynida çiroyli ikki qator munçoği bölardi, juda çiroyli körinardi közimga.

Onamga menga ham şunaqa munçoq olib bering desam, sen hali bolasan, katta bölsang olasan, derdi. Köçamizda heç kimning hovli devori, darvozasi yöq  edi.

Şu qizlarnikiga öynagani borsam uyda heç kim yöq ekan. Derazadan osilib çaqiraman desam, piyolada şu munçoq uzilgan holda turganini kördim. Olmoqçi böldim, qörqdim va uyga ketdim.

Yana çidolmay borib oldim va uyga kelib amallab ipga tizib taqib oldim. Yoşlikni qarang, bilmaydi deb öylaganman. Onam körib qoldi, öğirlaganimni bilib rosa urişdi.

"Menga öğri farzand kerakmas, özim tuğdim özim öldiraman, deb qöllarimga xipçin bilan qip-qizil bölgunça urdi. Munçoqni joyiga qöyib keldim. Qaytib bu yölga kirmadim. Eslasam ham yomon bölib ketaman”.

Tengdoşlariga maqtaniş uçun: