Şvetsiya qurolli kuçlari çeklangan vaqt davomida foydalanmasligi mumkin bölgan harbiy texnika Kiyevga beğaraz asosda taqdim etiladi, deyiladi parlament bayonotida.
Yordam paketiga tankka qarşi qurollar, minalardan tozalaş vositalari, Robot 57 tankka qarşi yengil qurollar va Combat Vehicle 90 piyoda jangovar maşinalari kiradi.
Şvetsiya budjetiga kiritilayotgan özgarişlar 13 fevraldan qonunçilik darajasida kuçga kiradi.
Avvalroq Norvegiya hukumati köp yillik yordam paketi doirasida Ukrainaga 75 milliard krona (6,8 milliard yevro) ajratiş niyatida ekani xabar qilingandi.
Mamlakat boş vaziri Yonas Gar Styorening sözlariga köra, mablağlar harbiy va fuqarolik yordami paketiga sarflanişi közda tutilgan. Dastur beş yilga möljallangan, ammo u hali Oslodagi parlament tomonidan tasdiqlanişi kerak. Mamlakatning eng yirik muxolifat partiyasi yetakçisi, sobiq boş vazir Erna Sulberg Ukrainaga uzoq muddatli yordam körsatişni qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi.


















