Muloqot çoğida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi özaro hamkorlikning dolzarb masalalari, özaro boğliqlikni mustahkamlaş va barqaror rivojlanişga qaratilgan ikki tomonlama va köp tomonlama tadbirlarni ötkaziş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar özaro hamkorlik qiluvçi organlarning imkoniyatlaridan samarali foydalaniş, jumladan, 2023 yilda ularning muntazam uçraşuvlarini taşkil etiş zarurligini qayd etdilar.
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça strategiyasi doirasida raqamlaştiriş, «yaşil» iqtisodiyot, energetika, atrof-muhit va iqlim özgarişi kabi sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşiriş muhimligi ta’kidlandi.
Turli darajadagi bölajak tadbirlarga tayyorgarlik köriş va ötkaziş yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

















