Agar Ğarb davlatlari söralgan qiruvçi samolyotlarni zudlik bilan Kiyevga topşirişga qaror qilsa, Ukraina bu yil Rossiya bilan uruşda töliq ğalaba qozonişi mumkin. Bunday fikrni AQŞning Yevropadagi qöşinlari sobiq qömondoni, iste’fodagi general-leytenant Ben Xodjyes bildirdi.

«Agar biz uşbu darajadagi qöllab-quvvatlaşni saqlab qolişda davom etsak, Ukraina albatta ğalaba qozonadi, bunga heç qanday şubha yöq. Lekin bu beş yilgaça vaqt olişi mumkin, bu vaqt içida köplab begunoh odamlar halok böladi. Qançalik tezroq ularga hal qiluvçi natijaga erişiş imkoniyati berilsa, hamma narsa şunça tezroq tugaydi. Bu uruş şu yil yakunlanişi mumkinligiga işonaman. Ukraina Rossiyani mağlub etib, Qrim va Donbassni tark etişga majbur qilişi mumkin. Bu qaçongaça davom etişi bizga boğliq», dedi Xodjyes 10 fevral, juma kuni DW naşriga bergan intervyusida.

Uning sözlariga köra, ukrainalik uçuvçilarni Ğarb qiruvçilarini boşqarişga örgatiş bilan boğliq qiyinçiliklar Kiyevni samolyotlar bilan ta’minlaşning iloji yöqligini anglatmaydi. «Ukraina, albatta, eng yaxşi uçuvçilarni tanlab, ularni yangi qiruvçilarga ötkazadi. Ular universitetlarga noldan öqişga yuboriladi degani emas», - deya tuşuntirdi general va bu jarayonni tezroq boşlaşga çaqirdi.

Ben Xodjyesning sözlariga köra, qiruvçi samolyotlarni yetkazib beriş aslida HIMARS tizimlari yoki Panzerhaubitze 2000 gaubitsalarini Kiyevga topşirişdan farq qilmaydi. Bularning barçasi Qurolli kuçlarga Rossiya bazalari, logistika va harbiy texnikasiga hujum qiliş imkoniyatini beradigan uzoq masofali aniq qurollardir, dedi u.

Xodjyesning aytişiça, harbiy yordam böyiça AQŞ va uning ittifoqçilari kesib ötmaydigan yagona «qizil çiziq» bu harbiy xizmatçilarni jang maydonidagi uruşda bevosita iştirok etiş uçun yuborişdir. «Ammo ukrainaliklar buni söramaydilar, ularga kerak emas», - dedi amerikalik general.

Qrim ustidan nazorat Ukrainaga qaytarilmasdan turib, töliq ğalaba haqida gapirişning iloji yöq, dedi Ben Xodjyes. «Ularning suveren hududlarini töliq tiklaş. Rossiya Qrimda qolar ekan, u hujumni qayta boşlaş uçun biz ketişimizni kutib turadi», - deya ogohlantirdi u.

Rossiya hujumi göyoki tayyorlanayotgani haqida gapirar ekan, Xodjyes rus qöşinlari «katta» hujumni boşlaş qobiliyatiga ega ekanligiga şubha qildi. «Ularning zirhli texnikasi yöq, yorib ötiş qobiliyati ham yöq», dedi general va kiçik bir olğa siljiş Ukrainadagi «umumiy operatsion muhit»ni özgartirmasligini qöşimça qildi. Kiyev, uning fikriça, Rossiya muvaffaqiyatini çeklaş uçun yetarli resurslarga ega, ammo bu yöqotişlar nuqtayi nazaridan qimmatga tuşadi.