Amerikaning qiruvçi samolyoti Kanadaning şimoli-ğarbidagi Yukon provinsiyasi ustidagi havo kengligida noma’lum uçiş apparatini urib tuşirdi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Jastin Tryudo ma’lum qildi. Bu fevral oyi boşidan buyon Şimoliy Amerika hududida qayd etilgan uçinçi şu kabi holatdir.

«Men Kanada havo kengligini buzib kirgan noma’lum obektni urib tuşirişga buyruq berdim. NORAD (Şimoliy Amerika havo-kosmiy mudofaasi qömondonligi) obektni Yukon ustida urib tuşirdi. Kanada va Amerika samolyotlari havoga kötarildi, Amerikaning F-22 samolyoti obektni muvaffaqiyatli möljalga oldi», - deya yozdi Tryudo tvitterida.

U hodisani AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan muhokama etgan. Uning aytişiça, endi harbiylar kelgusi örganişlar uçun qoldiqlarni qidiriş bilan maşğul bölişadi.

Keyinroq Pentagon rasmiy vakili Pet Rayderning ma’lum qilişiça, urib tuşirilgan obekt dastlab Alyaska osmonida payqalgan.

Kanada mudofaa vaziri Anita Anand şanba kungi brifingda bu obekt taxminan 12 km balandlikda harakatlangani va fuqarolik parvozlari xavfsizligi uçun tahdid solganini aytib ötdi. Uning sözlariga köra, u kiçik va silindrsimon şaklda bölgan.

Ikki kun muqaddam Alyaska osmonida «kiçik avtomobil hajmidagi» boşqa bir noma’lum uçar jism urib tuşirilgandi. Obektni urib tuşiriş vaqtida Pentagon bu havo şari yoki boşqa qurilma ekanligini aniqlay olmagan. «Biz buni obekt deb ataymiz, çunki bu bizda mavjud bölgan eng yaxşi tavsif», dedi AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi. 

Uning ta’kidlaşiça, rasmiylar obektning biron bir «davlat yoki korporatsiya»ga tegişli ekanligini bilişmaydi va osmonda nima maqsadda bölganini aytiş qiyin. Şu bilan birga, harbiylar qurilma bortida odamlar bölmaganiga amin. Hozirgaça uning mansubligi va funksiyalari töğrisida ma’lumot berilmadi.

Şuningdek, bir hafta oldin Janubiy Karolina sohillari yaqinida amerikalik harbiylar xitoyliklarning havo şarini urib tuşirgandi, rasmiylar uni Xitoy josuslik dasturining bir qismi sifatida baholaşgandi. Pekin bu ayblovlarni rad etgan va bu obekt yönalişidan oğib ketgan meteorologik zond bölganini bildirgan.