“Onamning taqdiri peşonamga bitilgan ekan” - tört bola bilan eri taşlab ketgan ayol hikoyasi
|16:38 / 12.02.202350 21014 min
“Dadam bir ayolni uyga olib keldi. Bu mening tutingan singlim, farzandi yöq, şu yerda davolanadi, dedi. Keyin bilsak, unga uylanib olgan ekan. Öşa ayol bilan ovora bölib, otam bizga e’tibor qilmay qöydi. Onam esa rözğor tebratiş uçun bozorda kökat sotardi”.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Oila quriş har ikkala tomonga ham mas’uliyat yuklaydi. Er va xotin bir tan-u bir jon bölib harakat qilmasa, turmuş aravasini tortişning özi bölmaydi. Ammo yoşlikda rözğor yuklarini tengma-teng kötarib, tökin hayotga erişdim deganda ayol kişini heç narsasiz qoldiriş, yana tört bolaning ta’minotini yelkasiga ortib qöyiş, boz ustiga bolalardan biri nogiron bölsa, bu mard erkakning işi emas.
“Oilada 5 nafar farzandning kattasiman. Yoşligimizda dadam buvimning gapiga kirib, onamni köp urardi. Maktabni bitirar çoğimda dadam bir ayolni uyga olib keldi. Bu mening tutingan singlim, farzandi yöq, şu yerda davolanadi, dedi.
Keyin bilsak, unga uylanib olgan ekan. Öşa ayol bilan ovora bölib, otam bizga e’tibor qilmay qöydi. Onam esa rözğor tebratiş uçun bozorda kökat sotardi. Undan keyin ham juda köp janjallar böldi. Dadam uydan ket, deb onamni urardi.
1999 yil qöşnimiz meni opasining öğliga kelin qildi. Qizlar bu kunni hayajon bilan kutadi. Mening esa hatto töyim ham xursandçilik bilan ötmagan. Sababi, dadam onamni töydan ikki kun oldin döpposlab, yuz-közlarini kökartirib taşlagandi.
Onam şörlik hatto mehmonlarning oldiga ham çiqolmagan. Töyning boşida kundoşlari turgan. Töy ham ötdi. Onang yaxşi sep qilib bermagan, deb erim köp urardi. Imkon qadar, boriça qilib bergandilar.
Homilador böldim, ammo kaltaklar sabab homilam nobud böldi. Orada vaqt ötib, yana şu holat takrorlandi. Uçinçi homilamda esa juda köp asabiylaşganim uçun öğlim kasallik bilan tuğildi.Uni hatto davolatişmadi ham. Orada qiyinçiliklar va dilxiraliklar köp bölardi.
Qaynotam oraga tuşib, köp janjal qilardi va köp urardi, hatto kvartiraga çiqarib qöyişdi. Tört nafar qaynsinglim bor. Ularning, qaynona-qaynotamning xizmatini qilardim. Katta rözğor, öziga yaraşa qiyinçiliklari bor, hatto dam olişga ham vaqtim bölmasdi. Janjallar kundan kunga köpayaverdi. Axiyri onamnikiga ketdim. Ammo erim kelib olib ketdi.
“Ukalaring uçun çida”
Onamga ajratib oling, desam, özi mening hayotim bunday bölib ötiribdi, seniki ortiqçalik qiladi. Çida, ukalaringni öyla, deb aytardi. Öğlim uçga kirganda uni qaynona-qaynotamga taşlab, erim bilan Rossiyaga işlagani ketdik.
Mavzuga oid
Boşida köça tozalovçi bölib işladik. Öşanda yertölada yaşardik. Keyin erim işlamay qöydi, 11 oy bekor yotdi. Özim u yoq bu yoqdan işlab kelardim. Işlagan pullarimning tiyin-tiyinigaça qöliga topşirardim. Hatto öz ehtiyojlarim uçun ham işlatolmasdim.
U esa qaynotamga jönatardi. Iş tanlardi, oxiri kafedan iş çiqdi, bir muddat işladi. Işlab turib qaynsingillarimni öqitib, turmuşga berdik. Bu orada qizimga homilador böldim. Tuğişimdan ikki oy oldin Özbekistonga keldik.
2007 yil qizim tuğildi. Uç oylik bölganida yana Rossiyaga ketdik. Yana öşa ahvol. Qölimda çaqaloğim, köçada işlolmayman. Uyda u bu narsa qilib sotardim. Uy-joy qilamiz, deb erim pullarimni uyga jönataverdi.
Ukam ham öşa yerda edi. Yordam berib, erimni işli qildi. Yaxşi topardik. Lekin özim uçun bir söm sarflay olmasdim. Şuning ortidan erimning ota hovlisida uç xonali uy qurdik.
“Boşginamda şu ham bor ekan”
Öğlim yoşi yetib, maktabga çiqdi. Bu vaqtda biz dadasi bilan Rossiyada edik. Maktabga ilk qadamlarini ham körolmadim. Birinçi sinfligida sudirgi bergan. Darsliklarni ham özlaştira olmagan. Keyin maxsus maktabga qöydik. U yerda ham şu ahvol böldi.
Umuman heç qanaqa darsni özlaştira olmadi. U yerdan ham çiqarişdi. Keyin doktorga körsatiş uçun Özbekistonga kelib, uni Rossiyaga olib ketdim. Pul töplab, doktorga körsatdik. Şifokorlar miyada qon qotişi, ya’ni epilepsiya taşxisini qöyişdi.
Davolatiş uçun ança keç bölgan ekan. Şunda ham davolatdik, sudirgisi ança kamaydi, lekin aqli zaifligiça qoldi. Uçinçi qizimga ham homilador böldim. Qaynotam ham Rossiyaga işlagani keldi-yu, yana janjal boşlandi.
Bu yoqda qaynotam, u yoqdan qaynonam aqli zaif bola bilan ötasanmi, boşqasiga uylan, deb erimga bosim ötkazişardi. Onam ham öşa yerda edi, ukalarim bilan turardilar. Menga ança yordam qilardilar. Ularning madadlari bilan ança doş berdim. Lekin oxiri sabr kosam töldi.
Janjal, tazyiqlardan töyib ketdim. Öğlimni olib ketolmasdim. Öğlimni qoldirib, katta qizimni olib, Özbekistonga qoçib keldim. Bir haftadan söng 2012 yil qizim tuğildi. Singlim yordam qildi. Qizim ikki oylik bölib qoldi.
Erim telefon qilib keçirim söradi. Öğlim öşa yerdaligi sababli yana qaytdim. Bir muddat yaxşi yaşadik, keyin yana janjal, yana öşa ahvol takrorlanaverdi.
Öğlimni maxsus maktabga öqitaman, deb 3 bolam bilan Özbekistonga qaytdim. Toşkentda ijarada turdim. Ammo yaşaş qiyinlaşaverdi. Turmuş örtoğim ijara pulimiz va yaşaşimiz uçun mablağ berolmadi.
Qarşida ham maxsus maktab borligini eşitib köçib keldik. U yerda ham ijarada yaşadik. Öğlim maktabga borib kelardi. Lekin özlaştirolmadi. Orada törtinçi farzandimga homilador bölib qolgan ekanman. Homilam 5 oylik bölguniça emizikli farzandim borligi sababli sezmaganman ham. Noiloj, yana tuğişga majbur böldim. Kiçkina qizim Qarşida tuğildi.
“Tört bolam bilan qayga boraman?”
Onam bilan singlim qizim tuğilganida yordam kilişdi. Erim ham keldi. Bir oy turib yana ketdi. Şundan söng 3-4 oy ötib, pul jönatişga oğrinib qoldi. Uyga borib tur, ota-onamdan keçirim söra, deb meni bir amallab köndirdi.
Boşqa ilojim ham yöq edi. Qölimda ikki çaqaloğim, öğlim ham çaqaloqdan kam emas. Qizim hali kiçkina. Ular bilan işlolmasdim. Bolalarimni olib bordim. Bu vaqtda qaynotam ham Rossiyadan qaytib kelgandi. Qaynsingillarim va qaynotam janjal qilib, bu yerda yaşamaysan, deb urib haydaşdi.
Mahalla raisini olib keldim, ular kiritib qöyişdi. Qozonimiz bitta bölgani bilan alohida ovkatlanardik. Yeb-içarimiz ölçamli edi. Ba’zi paytlar ular ovqatni suzib olib, suv qöşib qöyişardi. Noiloj yerdik.
Non va yeguliklar ularning xonasida turardi. Bolalarim qorni töyib ovqatlanolmasdi. Oxiri çidolmadim. Rözğorimni alohida qilib bering, bölmasa alimentga beraman, dedim. Erim oyiga 100 dollar jönatardi. Yeb-içişga kiyim-keçakka yetkazolmay qolardim.
Bolalarimga Rossiyadan birovlarning kiyilgan kiyimini jönatardi. Tikuvçilikdan xabarim bor. Qöni-qöşnilar kiyim tiktirişga olib kelardi. Asta-sekin mijozlarim köpaya boşladi. Tuşgan pullardan bolalarimni yedirib-içirardim. Uyga kerakli anjomlar olardim.
Erim yaxşi topardi. Oylikli işidan taşqari taksiçilik ham qilardi. Şunday bölsa-da, öz oilasi uçun pul jönatgisi kelmasdi. Har oyda jönatib turgan pulini ham 40-45 kunda bir taşlaydigan böldi.
Erim kelganida ota-onasining oldida yotardi. Çoyini, oş-ovqatini ham öşa yerdan yerdi. Nimaga uydan yemaysiz, desam “sen menga “issiq-sovuq” qilasan”, derdi. Vaholanki, heç qaçon bunday iş qilmaganman.
“Piçoq suyakka qadaldi”
Bir muddat turib, minib kelgan maşinasini dadasiga taşlab ketdi. Qaynotam qizlarining bolalarini mindirib u yoq bu yoqlarga olib borardi. Lekin mening bolalarim hatto maşinaning oldiga borsa, tegma, deb urişib berişardi. Biror joyga olib boriş kerak bölsa, benzin olib berardim.
Şu tariqa yaşab keldik. Odamlar köziga hayotim çiroyli körinardi. Bora-bora asabiy bölib qoldim. Qölim ham işga bormay qoldi. Siqilganimdan bir kun şaharga bordim. Singlim har xil yeguliklar pişirib sotardi.
Öşa paytda bitta oyoğini operatsiya qildirgandi. Bir qölida tayoq bilan bozorga çiqardi. Oyoğim oğriyapti, sen çiqmaysanmi, deb qoldi. Özi bilan uç-tört kun çiqdim. Narsalari yaxşi ketardi. Özim ham qiziqib qoldim.
Bolalarimga ta’til bölgani uçun ularni ham olib keldim. Maktab boşlangaç 2 kunga uyga borib keladigan böldim. Katta qizim rözğorni eplab turardi. Kelib-ketib yurasanmi, bolalaringni şu yerga maktabga qöy, deb singlim maslahat berdi.
Şundan söng bolalarimni olib keldim. Öğlim onamnikida turdi. 2021 yil qişida erim kelişiga bolalarimni uyga jönatdim. Telefonda qattiq janjallaşib qolgandik. Şu sabab özim bormadim. Rossiyadan kelib ham bolalarimizga ust-boş olib bermadi. Pul ham bermadi. Özi olti oydan beri pul jönatmagandi. Nahotki bolalarining nima yeb-içişi bilan qiziqmasa?
Uyimizda bir ayol bolasi bilan yaşayotgan ekan. Bu sening ukang böladi, qara-çi, menga öxşaydimi, debdi dadasi. Katta qizim yiğlab keldi. Kiçkina qizlarim xafa bölişdi. Endi bormaymiz, deb turib olişdi.
Xafa bölsa ham dadasi ekan, soğinib telefonda gaplaşib turişdi. Bir-ikki marta aylantirgani olib çiqdi. Bir kuni telefon qilib qizimga, kel, kiyim olib beraman, deb çaqirdi. Xursand bölib çiqib ketgan qizim ikki paket eski kiyim bilan xafa bölib kirib keldi.
“Alimentga berişdan boşqa çoram qolmadi”
Jahl ustida alimentga berdim. Rossiyaga qoçib ketmasligi uçun “zapret” ham qöydirdim. 660 ming söm olardim. Özim ijaraga uy gaplaşib, narsalarimni olib keliş uçun bordim. Erim janjal qildi. Yana mahalla raisiga ahvolimni aytdim. Xullas mahallaning aralaşuvi bilan ba’zi narsalarimni bazör oldim.
Tikuvçilik qilib olgan yangi muzlatkiç, temir krovat, yana u bu kattaroq narsalarim bor edi. Köp narsalarimni bermadi. Peşona terim bilan topib olganman, bering desam, urmoqçi böldi. Katta qizim onamni urmang, deb örtaga tuşdi. Qizimni böğib oldi. Mahalla raislari, uçastkavoylar zörğa ajratib olişdi.
Şundan keyin bolalarimga ham telefon qilmay qöydi. Turmuş örtoğim bilan yigirma yil birga hayot keçirdik. Lekin zarra qadr topmadim. Uy-joylarimiz bitganidan söng keragim bölmay qoldi. Mahallaga borsam, kundoşim bilan bitta uyda yaşayverişim kerakligini aytişdi.
Öğlim ham pensiya olmayapti. Özim tikuvçilik qilyapman, lekin olayotgan pulim rözğorga yetmayapti. Hozirda uyimning ijarasiga berişga ham pulim yöq. Ajraşmaganligimni dalil qilib, mahalla “temir daftar”ga ham “ayollar daftari”ga ham kiritmayapti”, deydi ayol nadomat bilan.
“Uçyot”im Şahrisabzda emasligi uçun moddiy yordam ham, bolalar pulini ham ololmayapman. Hozir ahvolim oğir. Öğlimni nafaqaga çiqariş har doim muammo bölib kelgan. Kiçkinaligida eplaş oson edi, katta bölgani sari tinçlantirişga kuçim yetmay qolyapti. Hozir yoşi 22 da.
Olti oydan beri aliment olmayapman. “Zapret” qöyilganiga qaramay, qandaydir yöllar bilan 2022 yilda Rossiyaga çiqib ketib, aliment berişni töxtatdi.
Erim Rossiyaga qoçib ketgani uçun ajraşişga ariza berolmayapman. Yakkaboğ tuman prokuraturasiga, tuman xotin-qizlar qömitasiga ham bordim. Lekin qoniqarli javob ololmadim.
Erim alimentni bekor qilib, Rossiyaga ketişi uçun sudga ariza bergan. Sud mening iştirokimsiz erimning foydasiga ajrim qilib, alimentni bekor qilgan. Şu orqali Rossiyaga ketib, aliment bermay qöydi.
Bu sud işi mayda bölgan ekan, mening xabarim yöq. Aliment bermay qöygani uçun murojat kilganimda dekabr oyida şu qoğozni körsatişdi. Tört bolam bilan nima qilişni bilmayapman”, deydi ayol çuqur uh tortib.
Ayolning hikoyasini tinglab boşim qotdi. Nima qiliş kerak? Otasining uyiga borolmasa, erinikida qolgani bilan birov bir burda non bermasa. Qaynona-qaynotasi rözğorini alohida qilib olgan, eri Rossiyaga qoçib ketgan, kamiga kundoş ham olib kelib qöygan.
“Tikiş maşinam bor-u, lekin eski. Tikuvçilikka Toşkentga işlab çiqarişda ikki oydan oşiqroq işladim. Öğlimni onam eplolmaganligi uçun qaytib keldim. Keça sayyor qabulga borgandim, ajraşmaganligim sabab heç narsa qilolmas ekanman.
Qayerga borsam ham işim bitmaydi. Boşim qotdi. Na erli, na ersiz ayolman. Erim bor, desam boqmaydi, yöq desam qonunan ajraşmaganman. Işlab kelay desam, öğlimga kim qaraydi, işlamay desam uy qilişim kerak”.