Tovlamaçilik qilgan şaxs Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Toşkent viloyatida qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tuğilgan, hozirda Toşkent viloyati Böstonliq tumanida yaşovçi 22 yoşli şaxs ğarazli niyatda ijtimoiy tarmoqlarda ayol kişining nomidan sahifa oçgan.
Söng u AQŞda yaşaydigan asli Samarqand viloyati Toyloq tumanidan bölgan fuqaro bilan tanişib, u bilan «işqiy munosabatlar»ga kirişgan.
Köp ötmay u AQŞda yaşayotgan fuqarodan tovlamaçilik bilan pul undiriş maqsadida aloqalarni buzgan va uning oilaviy suratlarini montaj qilib internetda tarqatiş bilan qörqitgan.
Yigit tovlamaçilik yöli bilan toyloqlik fuqarodan dastlab Çirçiqdagi bank bölimi orqali 600 dollar olgan. Söng undan 28 ming dollar talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan suriştiruv ötkazilgan va tovlamaçining ism-şarifi hamda manzili aniqlangan. Şundan söng Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv boşqarmasi, uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraş bölimi xodimlari tomonidan Toşkent viloyati hududida uşlangan.
Qayd etilişiça, uşbu şaxsga nisbatan Toyloq tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
















