Bunday ma’lumot Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan keltirildi. Mahkama taqdim etilgan qurilmalar soni va yetkazib beriş sanasi böyiça boşqa ma’lumotlarni keltirmagan.
Bundan oldin Yevropada eng yirik harbiy texnika işlab çiqaruvçilardan biri, Germaniyaning Rheinmetall konserni Ukrainaga özining yangi Panther jangovar tankini yetkazib bermoqçi ekani xabar qilingandi.
Rheinmetall ötgan yozda Parijda bölib ötgan 27-Xalqaro qurol-yaroğ körgazmasi Eurosatory 2022'da Panther'ni namoyiş qildi va uni dunyodagi eng kuçli jangovar tank deb atadi. Ukraina uşbu maşinaning birinçi xaridoriga aylanişi mumkin.
Avvalroq Rheinmetall birinçi 20-25 ta Leopard 1 tanklari 2023 yilda Ukrainaga yetkazilişini e’lon qilgan edi. 2024 yilning örtalariga kelib, kamida uçta Ukraina bataloni uşbu jangovar maşinalar bilan jihozlanişi kerak. Qolgan 88 ta jangovar maşina 2024 yil oxirigaça Kiyevga topşiriladi. Bundan taşqari, Leopard 1 tanklari boşqa nemis işlab çiqaruvçisi - Flensburger Fahrzeugbau Gesellschaft (FFG) tomonidan ham saqlanadi.
Niderlandiya va Daniya Germaniya bilan birgalikda Ukrainaga Leopard 1A5 tanklarini yetkazib berişda iştirok etmoqda. Yanvar oyining oxirida Berlin Bundesver omborlaridan 14 ta Leopard 2 jangovar tanklarini Ukrainaga topşirişga qaror qildi.

















