Bir guruh askarlar qor bilan qoplangan jasadlar yonidan ötib ketadi. Ular yuqoridan kaftdek körinadi. Dron ularni tinimsiz kuzatib boradi, kerakli vaqtni tanlaydi va granatani taşlaydi. Bir neça soniyadan söng, portlaş körinadi, bir neça askar yiqiladi. Kimdir harakatsiz yotadi, boşqalari esa oğriqdan ingranib, qöllari bilan sudraladi.

Foto: GETTY IMAGES

Askarlardan biri safdoşi tomon yugurib, uning qölidan tutib, döstini xavfli joydan olib ketişga harakat qiladi. Dron ularning ustiga uçib, ikkinçi granatani taşlaydi. Portlaş va ularning barçasi yerga qulaydi. Dron oldinga harakat qiladi va boşqa guruhga hujum qiladi. Bu safargi portlaş muvaffaqiyatsiz tugaydi: faqat bitta askar halok böladi, qolganlar qoçadi. Dron ularga yetib oladi va törtinçi granatani harakat trayektoriyasi böyiça taşlaydi. Portlaş. Yana ikki askar yerga yiqiladi hamda örnida tura olmaydi.

Olti nafar askar maxsus çuqurça (voronka) içida otişmadan yaşirinmoqda. Dron ularning ustiga uçib keladi va granatani qoq markazga taşlaydi. Portlaş, va bu askarlar uçun aftidan hammasi tugagan.

Har bir yirik uruş yangi qurollar yaratilişiga olib keladi. Rossiya-Ukraina töqnaşuvi arzon va xavfli yangi qurolni taqdim qildi — kvadrokopterga örnatilgan granatalar.

Granatalar bilan jihozlangan dron hujumlari aks etgan videolarning katta qismi Ukraina askarlari tomonidan internetga joylaştiradi, biroq Rossiya qöşinlari ham uşbu texnologiyadan foydalana boşlagani haqida xabarlar bor.

Bu qurolni yasaş uçun turli öq-dorilar va qurilmalardan foydalaniladi. Eng köp sovet AGS-17 «Olov» granatomyotining 30 mm.li VOG-17 granatasi va Xitoyning «Mavik-3» kvadrokopteri işlatiladi.

Nega aynan bunday öq-dorilar?

VOG-17 1960-yillar oxiridan hozirgi kungaça ommaviy ravişda işlab çiqariladi. Uşbu granata öq-dorilarni navbat bilan otuvçi granatomyotdan otiş uçun möljallangan.

Uning portlovçi qismi asosga birlaştirilgan qattiq simlardan taşkil topgan. Portlaş öçoği radiusi yetti metrga yaqin masofani taşkil qiladi. Granata yerga tuşganda asosan oyoqlar jarohatlanadi. VOG-17’ning kiçik oskolkalari tanda çuqur kirib boruvçi yaralar paydo qiladi, ularni oliş juda qiyin. Şu sabab yaralangan askar uzoq muddatga yoki butunlay safdan çiqadi. Portlaşga yaqin bölgan insonning miyasi çayqaladi yoki zarba tölqinidan halok böladi.