Özbekistonda çekning 1 foizi qiymatida davlat tomonidan keşbek qaytarilmaydigan xaridlar toifalari bittaga köpaydi. Bu röyxatga özini özi band qilgan şaxslar tomonidan berilgan xarid çeklari qöşildi.
Endilikda, özini özi band qilgan şaxslardan olingan xarid çeklari böyiça davlat xaridorlarga 1 foiz keşbekni qaytarmaydi.
Bungaça keşbek qaytarilmaydigan xaridlar röyxatida avtomobil, temiryöl va avia çipta, kommunal va aloqa xizmati uçun tölovlar bor edi.
Soliq tölanmaydi, keşbek tölanmaydi, lekin NKM – majburiy
Hukumatning tegişli qaroriga 2022 yilda kiritilgan özgartirişga köra, özini özi band qilgan şaxslar qonunçilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikasi va tölov terminallaridan foydalanişi belgilangan.
Soliq qonunçiligiga köra, özini özi band qiluvçilar soliqdan töliq ozod qilingan. Mehnat staji uçun esa ixtiyoriy ravişda 1 yilda bir marta ijtimoiy soliq – 300 ming söm tölaş kifoya. Ammo bu toifa fuqarolar qança daromad oladigan bölsa ham, soliqqa tortilmasligi belgilab qöyilgan.
Qonunçilik böyiça tadbirkorlik sub’yektlariga kassa apparat, tölov terminallarini qöllaş majburiy.
Jazolaş metodlardan birimi?
Kun.uz bilan suhbatda soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov bu haqda şunday degan edi.
“Kassa apparatlarini qöllaşdan maqsad soliqdan qoçişning oldini oliş va soliq bazasini aniqlaş. Endi özini özi band qiluvçi soliq tölamaslik imtiyozi bölib turib, kassa apparatini qöllaşi kerak. Agar qöllamasa, unga 5 million söm jarima bor, qöllasa, har oy kassa apparatining 100 ming sömlik tölovini amalga oşirişi kerak. Bundan maqsad – jarimalar sistemasini yaratiş. Menda bunday faktlar bor: sartaroşga 5 mln söm jarima tölatişgan”.

















