Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida qalbaki banknotlarni tayyorlaş va sotiş bilan şuğullangan jinoiy guruh qölga olingan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2023 yil 3 fevral kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanida içki işlar xodimlari tomonidan Paynet orqali plastik kartaga 4,3 mln söm qalbaki pul ötkaziş holati aniqlangan.
Tezkor suriştiruvlar davomida qalbaki pullarni Jizzax viloyatida yaşovçi ikki nafar şaxs muomalaga kiritgani aniqlangan.
Gumondorlar qölga olinib, ulardan 10 dona Paynet çeki, 39 dona bank kvitansiyasi va bitta plastik kartasi olib qöyilgan. Ularning körsatmalariga köra, törtta Paynet şoxobçasiga kiritilgan 4,5 mln söm miqdordagi qalbaki pullar olingan.
Qölga olinganlardan biri Jizzax şahridagi qurilişi tugallanmagan köp qavatli uyga yana 18 mln qalbaki söm yaşirgani aniqlangan. Tergov jarayonida u 28 mln söm qalbaki pullarni Samarqand viloyati Payariq tumanida yaşovçi şaxsdan 18 million sömga sotib olganini ma’lum qilgan.
Tadbir davom ettirilib, Payariq tumanida yaşovçi şaxs qölga olinganda u Buxoro şahrida yaşovçi şaxsdan 200 000 sömlik qalbaki pullarning har bir donasini 60 000 sömdan sotib olganini aytgan.
Buxoro şahrida yaşovçi uç nafar fuqaro 100 mln söm qalbaki pulni 30 mln sömga sotmoqçi bölgan vaqtida qölga olingan. Ulardan 336,4 mln söm qalbaki pul, törtta kompyuter, beşta printer, uçta qoğoz kesiş maşinasi va 35 dona rangsiz lak musodara qilingan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumondorlar vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.

















