Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2022/23 öquv yili uçun magistraturaning qişki qabuli natijalari qaçon e’lon qilinişiga oid murojaatlar köpaydi. Rasmiylarga köra, muddat çözilayotganiga sabab – qabul uçun topşirilgan sertifikatlarni tegişli taşkilotlar bazalaridan tekşiriş “ma’lum vaqt talab etmoqda”.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilişiça, hozirda hujjatlarning asosiy qismi tekşirib bölingan.
“Bu jarayon tez kunda yakuniga yetkaziladi va natijalar e’lon qilinadi”, – deyiladi OÖMTV izohida.
Özbekistonda magistraturaga kiriş imtihonlari ilk bor yilda ikki marta ötkazilmoqda.
2022/23 öquv yili uçun magistraturaga qişki qabul 20 dekabrdan boşlanib, 10 yanvargaça davom etdi.
Dastavval, magistraturaga kirişga nomzodlardan filologiya yönalişlarida kamida C1, nofilologik yönalişlarda esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega böliş talabi belgilangan edi. Keyinçalik bir martalik istisno e’lon qilinib, qişki qabulda xorijiy tilni biliş darajasidan qat’i nazar barça sertifikati borlar hujjat topşirişiga ruxsat berildi.


















