Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel diplomatiyani Ukrainaga qurol sotiş bilan birgalikda tinçlikka erişişning yaxşi yöli deb bilişini ma’lum qildi. 

Kiyevga harbiy yordam körsatiş bilan bir vaqtda tinçlikni tezlaştiriş uçun diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oşiriş kerak, dedi Borrel Strasburgdagi Yevropa parlamentining yalpi majlisida sözlagan nutqida. 

Uning fikriça, biri ikkinçisiga zid kelmaydi, aksinça, bir vaqtning özida amalga oşirilişi kerak. 

Şu bilan birga, Borrel Yevropa Ittifoqining Ukrainaga harbiy yordamini oşirişga çaqirib, Kiyevga tank yetkazib beriş böyiça va’da qilingan muddat keçikayotganini ta’kidladi. 

Bundan oldin Yevropa Ittifoqi davlatlarining Ukrainaga qöşin yuborişi «kun tartibida emas va heç qaçon bölmagan», deb ma’lum qilgandi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel Ispaniyaning El Pais gazetasiga bergan intervyusida. 

Şu bilan birga, u Yevropa davlatlarining harbiy xizmatçilari Ukraina harbiylarini, xususan, Ğarb tanklari uçun maxsus ekipajlarni tayyorlaşga jalb etilganini tasdiqladi. 

«Ularning maşğulotlari Yevropa Ittifoqi harbiy missiyasi doirasida Polşa va Germaniyadagi öquv lagerlarida allaqaçon boşlangan. Bu avtomobil haydaşni örganişga öxşamaydi, bu bir neça haftalik öta maxsus tayyorgarlikni talab qiladi», deb tuşuntirdi Yevropa diplomatiyasi rahbari.