Iş haqi stavkalarini oşiriş böyiça muzokaralarda muvaffaqiyatga erişilmagan bir paytda, Verdi kasaba uyuşmasi Germaniyaning yettita yirik aeroporti işçilarini 15 fevral, çorşanba kuni erta tongda 17 fevralda iş taşlaşga çaqirdi. 

Uyuşma matbuot xizmati xabariga köra, iş taşlaş sababi federal va munitsipal davlat xizmatlari korxonalarida iş beruvçilar bilan muvaffaqiyatsiz tarif muzokaralari, aeroport yer xizmatlari xodimlari va federal aviatsiya xavfsizligi böyiça xodimlar iş haqi böyiça muzokaralar ijobiy yakun topmaganidir.

«Inflatsiya, yuqori energiya va oziq-ovqat narxlari köpçilik işçilarni himoyasiz qoldiradi. Köpçilik endi ijara haqini qanday tölaşni va muzlatgiçlarini töldirişni bilmaydi. Ular yaşaş uçun sezilarli darajada köproq pulga muhtoj. Iş beruvçilar bundan xabardor bölişlari va tegişli javob berişlari kerak. Ular işçilarning yaxşi işlaşi uçun mukofotlaşlari kerak, bu ularni katta moliyaviy bosimdan xalos qiladi», - dedi Verdi raisi örinbosari Kristin Behle.

Ma’lum qilinişiça, Frankfurt-Mayn, Myunxen, Ştutgart, Hamburg, Dortmund, Gannover va Bremen aeroportlari xodimlari iş taşlaşadi. Iş taşlaş 17 fevral erta tongda boşlanadi va 18 fevralga ötar keçasi tugaydi. Zilziladan jabr körgan Turkiya va Suriyaga yetkazilayotgan insonparvarlik yordamiga bu ta’sir qilmaydi, deb ma’lumot berdi Verdi.

Avvalroq, 25 yanvar kuni Berlin aeroportida (BER) Verdi tomonidan uyuştirilgan kunlik iş taşlaş bölib ötgan edi. Natijada 300 ta reys bekor qilindi, 35 mingga yaqin yölovçi zarar kördi.