Mirzamahmudov konlardagi gazning 90 foizi “Lukoyl”ga, 10 foizi Özbekistonga degan tasavvur xato ekanini aytdi. Bu haqda vazir bilan faollar muloqotida iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Energetika vazirligi rahbarining tuşuntirişiça, investorlar qatorida turuvçi “Özbekneftgaz” uluşini qöşib hisoblaganda, jami daromadning 55 foizi Özbekiston, 45 foizi esa “Lukoyl”ga tegadi.

“Kelişuvga köra, “Lukoyl” investitsiya kiritadi. 9-10 mlrd dollar atrofida investitsiya kiritdi deylik: zavod qurdi, burğilaş qildi va hokazo. 13 ta kondan tabiiy gaz, kondensat va oltingugurt olinadi. Bu mahsulotlar sotilganidan tuşgan mablağning bir qismi kiritilgan investitsiyani qaytarişga, yana bir qismi operatsion xarajatlarga (bular hammasi nazorat ostida), yana bir qismi esa soliqlarni tölaşga yönaltiriladi. Oxiri qolgani – foyda.

Şu foydaning 50 foizi – “Lukoyl”ga, 50 foizi – davlatga. “Lukoyl” oladigan 50 foizning içida 10 foiz “Özbekneftgaz”ning uluşi ham bor.

Aytaylik, 100 mln dollar sof foyda çiqdi deylik. 50 mln dollar – “Lukoyl”ga va şuning yana 10 foizi – 5 mln dollar “Özbekneftgaz”ga ketadi. Ana şu prinsip işlaydi. Bu – bazaviy prinsip”, – dedi u.

Rasmiy foto

Jurnalistlar Jörabek Mirzamahmudovga bu ma’lumotlar şu paytgaça yaşirib kelingani xato bölganini aytdi.

“Haqiqatan ham balki bu bizning aybimizdir. Öylaymanki, biz endi taklif bilan çiqamiz: umuman, “SRP”ning işlaş mexanizmini [tuşuntiramiz]. Matbuot kotibi bunaqa detallarni bilmaydi”, – dedi hukumat a’zosi.