Qozoğiston Moliya vazirligi mamlakatda 2024 yildan boşlab işga tuşirilişi rejalaştirilgan Bolalar milliy jamğarmasi loyihasi tafsilotlarini taqdim etdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Moliya vaziri örinbosari Dauren Temirbekovning sözlariga köra, Milliy bank investitsiya daromadining 50 foizini Milliy jamğarmaning ötgan yillardagi örtaça rentabelligini inobatga olgan holda hisoblab çiqadi. Investitsion daromad stavkasini hisobot davriga qadar oldingi 18 yil uçun örtaça yillik qiymat darajasida aniqlaş taklif etilmoqda. Bunda har bitta bolaning jamğarmasidagi taxminiy pul miqdori 3500 AQŞ dollarini taşkil qilişi mumkin.
Bank hisobi bola tuğilgandayoq Adliya vazirligining ma’lumotlar bazasidan foydalanilib, avtomatik ravişda oçiladi va har yili tabiiy resurslarni qazib olişdan olingan mablağlar hisobidan töldirilib boriladi. Hisobni töldiriş har yili 1 yanvarda, bola 18 yoşga tölgunga qadar amalga oşiriladi.
Mazkur mablağlar 18 yoşga tölgandan keyin uy-joy sotib oliş va ta’lim uçun işlatilişi mumkin. Bunday hisobvaraqlarni soliqdan ozod qiliş rejalaştirilmoqda.
«18 yoşga tölganidan söng mablağlar bolaning mulki böladi va undan qanday foydalanişni mustaqil hal qiladi. Ta’lim yoki uy-joy sotib oliş uçun işlatiş mumkin. Şu bilan birga, xorijiy ta’lim muassasasida öqiş haqini tölaş uçun mablağlardan foydalanişga çeklovlar örnatiş rejalaştirilmagan. Öz navbatida, uy-joy sotib oliş uçun yiğilgan mablağlardan foydalanişga faqat Qozoğistonda ruxsat beriladi. Uşbu mablağlarga sotib olingan uy-joylarni qayta sotiş böyiça çeklovlar kiritilmaydi», — deya qöşimça qilgan Dauren Temirbekov.
Şuningdek, loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:
- agar 18 yoşgaça bölgan bola mamlakatni tark etsa va fuqaroligini özgartirsa, u holda tölovlarni talab qiliş huquqi yöqoladi. Mablağlar qolgan bolalar örtasida qayta taqsimlanadi;
- agar 18 yoşgaça bölgan bola fuqaroligini özgartirmasdan mamlakatni tark etsa, tölovlarni talab qiliş huquqi saqlanib qoladi;
- 18 yoşga tölgan bolaning hisobidagi mablağlar 5−10 yil davomida saqlanadi;
- agar mablağlar 5−10 yil içida talab qilinmasa, hisobvaraqdagi mablağlar pensiya hisobvarağiga ötkaziladi;
- töplangan mablağlarni fuqarolik qonunçiligiga muvofiq meros qilib, ötkaziş imkoniyati mavjud böladi;

















