AQŞ prezidenti Jo Baydenning ma’muriyati Ukraina hukumatini uruş trayektoriyasini özgartiriş uçun hal qiluvçi palla kelgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda The Washington Post öz manbalariga asoslanib xabar tarqatdi.

Oq uy rasmiylari hisoblaşiça, bahorda Rossiya kutilganidek yuriş boşlaydi, Ukraina esa boy berilgan hududlarini qaytariş uçun qarşi hujumga ötişi mumkin. Yanvar oyida Kiyevga taşrif buyurgan amerikalik mulozimlar ham Ukraina hukumatiga keyingi oylar öta muhim bölişi haqida aytgan.

Amerikalik harbiy tahlilçilar fikriça, Ukraina qöşinlari bir vaqtning özida Donetsk oblastidagi Baxmut şahrini himoya qilişi va boy berilgan hududlarni qaytariş uçun bahorda qarşi hujumga ötişi (AQŞ şuni muhimroq vazifa deb hisoblaydi) qiyin böladi. WP suhbatdoşlari aytişiça, agar Ukraina Rossiya qöşin yuborgan barça yönalişlarda jang olib boradigan bölsa, bu rossiyaliklar foydasiga işlaydi.

Bundan bu yoğiga Oq uy kongress Ukrainaga avvalgi kabi yordam ajratişiga erişişi qiyin bölişi kutilayotgani tufayli AQŞ Kiyevga bosimni kuçaytirmoqda, çunki ayrim respublikaçilar qöllab-quvvatlov hajmini qisqartirişga çaqirmoqda. Hozirda Jo Bayden ma’muriyati kongress bilan Ukraina uçun 10 milliard dollar miqdoridagi yordam körsatiş ustida işlamoqda. Rossiya bosqiniga bir yil töladigan kunda yangi harbiy yordam paketi bilan birgalikda Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar haqida ham e’lon qilinişi kutilmoqda.

AQŞ rasmiylari Ukrainani imkon qadar uzoq vaqt davomida qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini bildiriş barobarida yozga borib Kiyev Amerika yordam paketini sarflab bölişi va şundan keyin mojaroni siyosiy yöl bilan hal qiliş qiyin bölişidan ogohlantiradi.