Energetika vaziri boşçiligidagi delegatsiya a’zolarining Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy taşrifi doirasida Qaşqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarida umumiy quvvati 2000 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş böyiça CEEC Energy China kompaniyasi bilan anglaşuv memorandumi imzolandi.
Vazirlik xabariga köra, Xitoy kompaniyasi Özbekistonga 2 mlrd dollar miqdorida töğridan töğri investitsiya kiritadi.
“Uşbu quyoş fotoelektr stansiyalari 2023 yil yakuniga qadar işga tuşirilişi rejalaştirilgan bölib, 2024 yildan töliq quvvat bilan işlay boşlaydi. Buning natijasida yiliga 5,2 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi işlab çiqarilib, 1,4 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalişiga erişiladi”, deyiladi rasmiy axborotda.
Mazkur loyihalar böyiça tender ötkazilgani yoki yöqligi ma’lum emas. Şuningdek, stansiyalar işlab çiqargan elektr energtiyasini davlat qança narxda kafolatli sotib olişi ham oçiqlanmadi.
Avvalroq energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov quyoş fotoelektr stansiyalarini tezroq quriş uçun loyihalar tendersiz tanlanişini aytgandi. Bunda investorlarga elektr energiyasi davlat tomonidan faqat oxirgi tenderlardagi narxlardan (2,8 sent) oşirilmagan narxlarda sotib olinişi şarti qöyiladi, degandi u.
Eslatib ötamiz, dekabr oyida Namanganda quvvati 150 MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasini quriş böyiça Xitoyning GD Power – Powerchina kompaniyasi tender ğolibi deb topilgandi. Mazkur kompaniya har bir kilovatt-soat elektrni 4,828 sentdan yetkazib beriş böyiça taklif bildirgan. Energetika vazirligi taklifni juda qimmat deb hisoblab, narxni pasaytiriş çoralari körilişini ma’lum qilgandi.

















